Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

26-DARS

Nega yovuzlik va azob-uqubat hukm surmoqda?

Nega yovuzlik va azob-uqubat hukm surmoqda?

Biron fojia yuz berganda, inson: «Nega bunday bo‘ldi?» — deb o‘ylab qolishi tabiiy. Muqaddas Kitobda bunga aniq javob borligidan juda xursandmiz!

1. Shaytonning qaysi ishi dunyoga yovuzlik olib keldi?

Shayton Iblis Xudoga qarshi isyon ko‘tardi. Shayton boshqalarning ustidan hukmronlik qilishni istadi. Shuning uchun, u ilk juftlikni — Odamato va Momohavoni uning isyoniga qo‘shilishga undadi. Shayton buni Momohavoni aldash orqali amalga oshirdi. (Ibtido 3:1–5) U Momohavoni Yahova undan biron yaxshi narsani yashiryapti degan noto‘g‘ri fikrga borishga undadi. Shayton odamlar Xudoga itoat etmasa, baxtliroq bo‘lishiga ishora qildi. Momohavo o‘lmasligini ta’kidlab, Shayton ilk yolg‘onni aytdi. Shu bois, Muqaddas Kitobda u «yolg‘onchi va yolg‘onning otasi» deb ataladi. (Yuhanno 8:44)

2. Odamato va Momohavo qanday yo‘l tutishni tanladi?

Yahova Odamato va Momohavoga nisbatan juda saxiy edi. Ular Adan bog‘idagi har qanday daraxtning mevasidan yeyishlari mumkin edi. Xudo ularga faqat birgina daraxtning mevasidan yemaslikni aytdi. (Ibtido 2:15–17) Ammo ular baribir o‘sha daraxtning mevasidan yeyishga qaror qildi. Momohavo «mevani oldi-da, yedi». Keyinroq esa Odamato «ham yedi». (Ibtido 3:6) Ularning ikkovi ham Xudoga itoatsizlik qildi. Odamato bilan Momohavo mukammal bo‘lgani sababli to‘g‘ri yo‘l tutish ular uchun tabiiy edi. Lekin bila turib Xudoga itoatsizlik qilgani tufayli ular gunohga qo‘l urdi va Xudoning boshqaruvini rad etdi. Bu qaror oqibatida ular ko‘p azob chekdi. (Ibtido 3:16–19)

3. Odamato bilan Momohavoning qarori bizga qanday ta’sir qildi?

Ilk juftlik gunoh qilib, nomukammal bo‘lib qoldi. Shu yo‘sin, nomukammallik ularning barcha avlodlariga o‘tdi. Muqaddas Kitobda Odamato to‘g‘risida shunday deyilgan: «Bitta odam dastidan dunyoda gunoh paydo bo‘ldi, gunoh orqali esa o‘lim. Shu tariqa o‘lim barcha insonlarga o‘tdi». (Rimliklarga 5:12)

Xo‘sh, nega azoblarga duch kelamiz? Buning sabablari turlicha. Masalan, ba’zida chiqargan yomon qarorlarimiz bunga sabab bo‘ladi. Gohida esa boshqalar chiqargan noto‘g‘ri qaror tufayli qiynalamiz. Yoki noto‘g‘ri paytda noto‘g‘ri joyda bo‘lganimiz sababli azob chekamiz. (Voiz 9:11 ni o‘qing.)

KO‘PROQ BILIB OLING

Nega Xudo yovuzlikka hamda dunyodagi azob-uqubatlarga sababchi emasligiga va biz azob chekkanimizda, U nimalarni his qilishiga diqqat qarating.

4. Azob-uqubatlarimizga kim sababchi?

Ko‘p odamlar butun dunyoni Xudo boshqarayotganiga ishonadi, bu to‘g‘rimi? VIDEONI tomosha qiling.

Yoqub 1:13 va 1 Yuhanno 5:19 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Azob-uqubatlar va yovuzlikda Xudo aybdormi?

5. Shaytonning boshqaruvi qanday oqibatlarga olib keldi?

Ibtido 3:1–6 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Shayton nima deb aldagan? (4- va 5- oyatlarga qarang.)

  • Qay yo‘sin Shayton Yahovani odamlardan yaxshi narsani yashirishda ayblagan?

  • Shaytonning gaplariga ko‘ra, odamlar baxtli bo‘lishi uchun Yahovani o‘z Hukmdori sifatida tan olishi kerakmi?

Voiz 8:9 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Bu dunyoni Yahova boshqarmayotgani tufayli nimalar bo‘lyapti?

  1. A. Odamato va Momohavo mukammal bo‘lib, jannatda yashagan. Ammo ular Shaytonga quloq solib, Tangri Yahovaga qarshi chiqqan

  2. B. Isyondan keyin dunyo gunoh, azob-uqubat va o‘limga to‘ldi

  3. D. Yahova gunoh, azob-uqubat va o‘limga chek qo‘yadi. Odamlar yana mukammal bo‘lib, jannatda yashaydi

6. Yahova azob-uqubatlarimizga befarq emas

Xudo azob-uqubatlarimizga befarqmi? Shoh Dovud hamda havoriy Butrus nima yozganiga e’tibor bering. Zabur 31:7 va 1 Butrus 5:7 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Azob-uqubatlarimizga Yahova diqqat qaratishini va ularga befarq emasligini bilishdan nimalarni his qilyapsiz?

7. Xudo barcha azob-uqubatlarimizga nuqta qo‘yadi

Ishayo 65:17 va Vahiy 21:3, 4 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega Yahova odamlar boshdan kechirgan yomon narsalarning asoratlarini bartaraf etishini bilish tasalli baxsh etmoqda?

Bilasizmi?

Shayton ilk yolg‘onni aytganida, Yahovaga tuhmat qildi. Bu degani, u Yahovaning adolatli va mehribon Hukmdor sifatidagi obro‘siga dog‘ tushirdi. Yahova yaqin kelajakda insonlarning azob-uqubatlariga chek qo‘yganida obro‘sini tiklaydi. Boshqacha qilib aytganda, Uning boshqaruvi eng a’losi ekanini isbotlaydi. Yahovaning ismi oqlanishi koinotdagi eng muhim masaladir. (Matto 6:9, 10)

BA’ZILARNING FIKRI: «Alloh bizni sinalishimiz uchun yaratgan».

  • Siz nima deb o‘ylaysiz?

XULOSA

Dunyodagi yovuzliklarga asosan Shayton Iblis va ilk juftlik javobgar. Yahova biz chekayotgan azob-uqubatlarga befarq emas va tez orada ularga nuqta qo‘yadi.

Takrorlash

  • Shayton Iblis Momohavoni nima deb aldagan?

  • Odamato va Momohavoning isyoni barchamizga qanday ta’sir qildi?

  • Yahova azob-uqubatlarimizga befarq emasligini qayerdan bilamiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Muqaddas Kitobda gunohga qanday tavsif keltirilganiga diqqat qarating.

«Gunoh nima degani?» (Veb-maqola)

Shayton Iblis Adan bog‘ida ko‘targan masala borasida ko‘proq o‘qib ko‘ring.

«Nega Alloh azob-uqubatlarga yo‘l qo‘yyapti?» («Qo‘riqchi minorasi» 1-yanvar, 2014)

Mushkul savolning tasalli baxsh etadigan javoblarini tadqiq qilib ko‘ring.

«Nima uchun Xolokost yuz berdi? Nega Xudo buni to‘xtatmadi?» (Veb-maqola)

Atrofidagi azob-uqubatlar borasida bir kishi nimani bilib olganiga diqqat qarating.

«Yahovadan bir umrga qarzdor bo‘lib qoldim» 5:09