Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

40-DARS

Qay yo‘sin Xudoning nazarida pok bo‘la olamiz?

Qay yo‘sin Xudoning nazarida pok bo‘la olamiz?

Aytaylik, ona o‘g‘ilchasini maktabga tayyorlayapti. U bolasi yuvinganiga, kiyimi toza va saranjom ekaniga ishonch hosil qiladi. Bu tufayli bola sog‘lom bo‘ladi va boshqalar ota-onasi unga yaxshi g‘amxo‘rlik qilishini ko‘radi. Shu kabi, mehribon Otamiz Yahova jismonan va axloqan pok bo‘lishimizni istaydi. Pok bo‘lsak o‘zimiz ham foyda olamiz, Yahovaga ham sharaf keltiramiz.

1. Qay yo‘sin jismonan pok bo‘la olamiz?

Yahova bizga: «Muqaddas bo‘linglar»,— deb aytmoqda. (1 Butrus 1:16) Muqaddas bo‘lish uchun axloqan va jismonan pok bo‘lishimiz lozim. Jismonan pok bo‘lish uchun muntazam cho‘milamiz hamda kiyim-kechak, uy va transport vositasini toza va saranjom saqlaymiz. Shuningdek, Yig‘ilish zalimizni tozalashda yordam bersak bo‘ladi. Jismonan pok bo‘lsak, Yahovaga sharaf keltiramiz. (2 Korinfliklarga 6:3, 4)

2. Pok bo‘lish uchun qaysi odatlardan qochishimiz kerak?

Muqaddas Kitobga binoan, «tana va ruhiyatimizni bulg‘aydigan har qanday narsadan o‘zimizni poklashimiz» lozim. (2 Korinfliklarga 7:1) Bu degani, tanamiz yoki ongimizga zarar keltiradigan har qanday narsadan yiroqlashishga harakat qilishimiz kerak. O‘y-fikrlarimiz Yahovani mamnun qilishi darkor. Shu bois, noto‘g‘ri fikrlarga chek qo‘yish uchun jon kuydiramiz. (Zabur 104:34) Qolaversa, beadab so‘zlarni ishlatmaslikka harakat qilamiz. (Kolosaliklarga 3:8 ni o‘qing.)

Yana nimalar bizni jismonan yoki axloqan nopok qilishi mumkin? Ba’zi moddalar tanamizni zaharlaydi. Shu bois, tamaki yoki nos chekish va giyohvand moddalarni ko‘ngilxushlik uchun qabul qilish kabi ishlardan qochamiz. Bu tufayli sog‘lomroq bo‘lamiz va hayot in’omini qadrlayotganimizni ko‘rsatamiz. Qolaversa, axloqan pok bo‘lish uchun pornografiya tomosha qilish va masturbatsiya kabi iflos odatlarga qarshi kurashishga intilamiz. (Zabur 119:37; Efesliklarga 5:5) Bularni yengish oson bo‘lmas, lekin Yahova bunda bizga yordam berishi mumkin. (Ishayo 41:13 ni o‘qing.)

KO‘PROQ BILIB OLING

Jismonan pok bo‘lish qay yo‘sin Yahovani sharaflashini va nopok odatlarni qanday yengishni bilib oling.

3. Jismoniy poklik Yahovani sharaflaydi

Qadimgi Isroil xalqiga berilgan amrlarni o‘rganib, Yahovaning tozalikka bo‘lgan nuqtai nazarini bilishimiz mumkin. Chiqish 19:10 va 30:17–19 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Qanday qilib bu oyatlar Yahovaning jismoniy tozalikka bo‘lgan nuqtai nazarini ayon qilyapti?

  • Qaysi yaxshi odatlar jismoniy poklikni saqlashingizga ko‘maklashadi?

Jismoniy poklikni saqlash vaqt hamda kuch talab qiladi. Lekin qayerda yashashimiz yoki moddiy sharoitimiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bunday qila olamiz. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Narsalarimizni toza va saranjom saqlash qay yo‘sin va’zgo‘ylik ishimizni bezaydi?

4. Yomon odatlarni tashlang

Yahova har qanday yomon odatni tashlashga yordam berishi mumkin

Tamaki cheksangiz yoki ko‘ngilxushlik maqsadida giyohvand moddalarni qabul qilsangiz, bundan qutulish qiyin ekanini bilarsiz. Xo‘sh, nima yordam berishi mumkin? Bu odat sizga qanday ta’sir qilishini o‘ylab ko‘ring. Matto 22:37–39 ni o‘qing, so‘ng tamaki chekish yoki giyohvand moddalardan noto‘g‘ri foydalanish kishiga quyidagi sohalarda qanday ta’sir qilishini muhokama qiling:

  • Yahova bilan bo‘lgan munosabatlariga.

  • Oilasi va atrofdagilarga.

Yomon odatni tashlash uchun reja tuzing a. VIDEONI tomosha qiling.

Filippiliklarga 4:13 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Qanday qilib kishi muntazam ibodat qilish, Kalomni tadqiq qilish va yig‘ilishlarga qatnash orqali yomon odatni tashlash uchun kuch topa oladi?

5. Nopok xayol va odatlar bilan kurashing

Kolosaliklarga 3:5 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Pornografiya, seksting b va masturbatsiya Yahovaning nazarida nopok ekanini qayerdan bilamiz?

  • Nima deb o‘ylaysiz, Yahova axloqan pok bo‘lishimizni kutishi oqilonami? Nega bunday fikrdasiz?

Nopok xayollar bilan kurashish yo‘lini bilib oling. VIDEONI tomosha qiling.

Iso axloqan pok bo‘lish qarorida qat’iy qolishimiz kerakligini ko‘rsatuvchi misol keltirgan. Matto 5:29, 30 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Iso o‘zimizga jismonan zarar yetkazishimiz kerakligini aytmagan. Aksincha, chora ko‘rishimiz lozimligini nazarda tutgan. Inson behayo fikr-xayollardan qochish uchun qanday qat’iy choralar ko‘rishi mumkin? c

Nopok o‘y-fikrlar bilan kurashayotgan bo‘lsangiz, Yahova bu harakatlaringizni qadrlaydi. Zabur 103:13, 14 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nopok odat bilan kurashayotgan bo‘lsangiz, bu kurashda bo‘shashmaslik uchun mazkur oyatlar sizga qanday dalda beryapti?

Yiqilish yutqizish emas!

«Yomon ish qilib qo‘ydim, bundan qutula olmasam kerak»,— deb o‘ylash oson bo‘lar. Misol uchun, yuguruvchi qoqilib yiqilsa, bu u musobaqada yutqizganini yoki boshidan boshlashi kerakligini anglatmaydi. Shu kabi, yomon odat bilan kurashayotgan bo‘lsangiz, qoqilib yana unga qo‘l ursangiz, bu yutqizganingizni bildirmaydi. Qolaversa, bu shu paytgacha erishgan yutuqlaringizni yo‘qqa chiqarmaydi. Yiqilish tabiiy hol — bu tiklanishning bir qismi. Taslim bo‘lmang! Yahovaning ko‘magi bilan yomon odatni yenga olasiz.

BA’ZILARNING FIKRI: «Bu odatga o‘rganib qolganman. Undan qutulish qo‘limdan kelmaydi».

  • Kishi Yahovaning yordami bilan yomon odatdan qutulishi mumkinligini ko‘rsatish uchun qaysi oyatni keltirgan bo‘lardingiz?

XULOSA

Tana, ong va xulq-atvorimizni pok saqlab, Yahovani quvontiramiz.

Takrorlash

  • Nega pok bo‘lish o‘ta muhim?

  • Qay yo‘sin jismonan pok bo‘la olasiz?

  • Qanday qilib o‘y-fikr va xulq-atvorda pok bo‘lib qolishingiz mumkin?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Mablag‘ingiz chegaralangan bo‘lsa ham, qay yo‘sin oddiy qoidalarga amal qilib, jismonan pok bo‘la olasiz?

«Sog‘lik va gigiena. Qo‘l yuvish» 3:01

Chekishni tashlash uchun qanday amaliy qadamlar qo‘yishingiz mumkinligiga e’tibor bering.

«Chekishni qanday tashlash mumkin?» («Uyg‘oning!» may, 2010)

Qay yo‘sin bir kishi pornografiya tomosha qilish odatini yenggani to‘g‘risida o‘qing.

«Muvaffaqiyatga erishguncha ko‘p marotaba yiqildim» («Qo‘riqchi minorasi» № 4 2016)

a Bu darsning «Qo‘shimcha manbalar» qismidagi «Chekishni qanday tashlash mumkin?» nomli maqolada yomon odatlarni tashlash masalasida amaliy qadamlar tushuntirilgan.

b Uyali telefon orqali behayo xabar, rasm yoki videolarni yuborish seksting deb ataladi.

c Masturbatsiya odatini yengish uchun «Yoshlarning savollari. Amaliy maslahatlar» (rus) kitobining 1- jildidagi «Masturbatsiya odatini qanday yenga olaman?» nomli 25- bobiga qarang.