o‘zbekcha (lotincha)
Iso payg‘ambarning o‘limini xotirlash marosimi
https://cms-imgp.jw-cdn.org/img/p/500900026/univ/art/500900026_univ_sqr_xl.jpg

Iso payg‘ambarning o‘limini xotirlash marosimi

2027-yil 22-mart, dushanba

Yahovaning Shoxidlari Iso payg‘ambarning «Buni meni eslab turish uchun qilinglar» degan amriga amal qilib, uning o‘limini xotirlash uchun yiliga bir marta yig‘ilishadi. (Luqo 22:19)

Sizni va oila a’zolaringizni ushbu marosimga taklif qilamiz.

Ko‘pchilikni qiziqtiradigan savollar

Kimlar kelsa bo‘ladi?

Barcha kelishi mumkin. Oila a’zolaringizni ham olib keling.

Dastur qancha davom etadi?

Taxminan bir soat davom etadi.

Dastur qayerda o‘tkaziladi?

Hududingizdagi Yahovaning Shohidlari bilan bog‘laning.

Biron narsa qilishga yoki keyin yana kelishga majburmanmi?

Yo‘q.

U yerda pul yig‘iladimi?

Yo‘q. Biz hech qachon yig‘ilishlarimizda pul yig‘maymiz. (Matto 10:8)

Qandaydir uslubda kiyinish kerakmi?

Yo‘q. Ammo Yahovaning Shohidlari or-nomus va boshqalarga hurmat ko‘rsatadigan tarzda kiyinadi.

Qutlug‘ Kechlik marosimida nima bo‘ladi?

Marosim boshida va oxirida qo‘shiq kuylanadi, shuningdek, ibodat qilinadi. Iso payg‘ambarning o‘limi qanchalik muhim ekani va Xudo bilan Iso biz uchun qilgan yaxshiliklardan qanday foyda olishimiz mumkinligi haqida Muqaddas Kitobga asoslangan nutq so‘zlanadi.

Ko‘proq ma’lumot olish uchun «Nega Yahovaning Shohidlari Qutlug‘ Kechlik marosimini boshqacha o‘tkazishadi?» nomli maqolani o‘qing.

Keyingi yillarda Qutlug‘ Kechlik marosimi qachon o‘tkaziladi?

2027-yil 22-mart, dushanba

2028-yil 9-aprel, yakshanba

2029-yil 22-mart, seshanba