MUQADDAS KITOB — YANGI DUNYO TARJIMASI
Muqaddas Kitobni yuklamoq
Yahovaning Shohidlari — ular kim?
Biz turli irq va tillarga mansub bo‘lsak ham, umumiy maqsad bilan birlashganmiz. Avvalambor biz, Muqaddas Kitobning muallifi va borliq mavjudodning Yaratuvchisi bo‘lgan Alloh Yahovaga sharaf keltirishni xohlaymiz. Biz Iso alayhissalomga taqlid qilishga intilib, masihiy deb atalishdan, ya’ni uning izidan yurayotganimizdan faxrlanamiz. Muqaddas Kitob hamda Xudoning samoviy Shohligi haqida boshqalar ko‘proq bilib olishlari uchun har birimiz muntazam ravishda vaqt ajratamiz. Alloh Yahova hamda Uning Shohligi haqida shohidlik berayotganimiz yoki suhbatlashayotganimiz uchun bizni Yahovaning Shohidlari deb bilishadi.
Saytimiz bilan tanishib chiqing. Muqaddas Kitobni onlayn o‘qing. Biz haqimizda hamda e’tiqodlarimiz borasida ko‘proq bilib oling.


