Ertaga yaxshi kun kelishiga ishonish uchun haqiqiy umid

Ertaga yaxshi kun kelishiga ishonish uchun haqiqiy umid

 Kelajakda ahvol yaxshilanishiga ishonasizmi? Hozir biz duch kelayotgan jiddiy muammolarga qaramay ko‘plar ijobiy kayfiyatni saqlab kelmoqda. Vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishini kutish o‘rinlimi? Ha! Muqaddas Kitob yertaga yaxshi kun kelishiga ishonish uchun haqiqiy umid ato yetmoqda.

 Muqaddas Kitob qanday umid ato yetmoqda?

 Muqaddas Kitobda insoniyat katta muammolarga duch kelayotgani haqida ochiq aytiladi. Biroq unda bu muammolar bizni abadiy qiynamasligi haqida va’dalar mavjud. Keling, ba’zi aniq misollarni ko‘rib chiqamiz.

  •   Muammo: uysizlik

     Muqaddas Kitobdagi va’da: «Ular uylar qurib, bu uylarda yashaydi». (Ishayo 65:21)

     Yechim: har bir kishining o‘z uyi bo‘ladi.

  •   Muammo: ishsizlik va kambag‘allik

     Muqaddas Kitobdagi va’da: «Tanlaganlarim o‘z qo‘llari mehnatining rohatini ko‘radi». (Ishayo 65:22)

     Yechim: hamma odamlar qoniqish va quvonch keltiradigan foydali ish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

  •   Muammo: adolatsizlik

     Muqaddas Kitobdagi va’da: «Beklar odillik uchun hukm suradi». (Ishayo 32:1)

     Yechim: irqiy, ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlik batamom yo‘q qilinadi. Har bir kishi adolat va hurmat bilan muomala qilinadi.

  •   Muammo: oziq–ovqat yetishmovchiligi va ochlik

     Muqaddas Kitobdagi va’da: «Yer yuzida g‘alla mo‘l bo‘ladi, tog‘lar tepasida don serob bo‘ladi». (Zabur 72:16)

     Yechim: har bir kishida yetarlicha foydali oziq–ovqat bo‘ladi. Hech kim och holda uxlagani yotmaydi va yetarlicha ovqatlanmaslik muammosidan aziyat chekmaydi.

  •   Muammo: jinoyat va zo‘ravonlik

     Muqaddas Kitobdagi va’da: «Ularning har biri o‘zining toki va anjir daraxti tagida o‘tiradi. Ularni hech kim dahshatga solmaydi». (Mixo 4:4)

     Yechim: yovuz odamlar boshqa bo‘lmaydi, hamma o‘zini xavfsiz his yetadi. «Odil kishilar yer yuziga yegalik qiladi». (Zabur 37:10, 29)

  •   Muammo: urushlar

     Muqaddas Kitobdagi va’da: «Xalq xalqqa qarshi qilich ko‘tarmaydi, Ular jang qilishni boshqa o‘rganmaydi». (Ishayo 2:4)

     Yechim: butun yer yuzi bo‘ylab tinchlik hukm suradi. (Zabur 72:7) Yaqinlarimiz urushlarda boshqa o‘lmaydi va judolik ko‘z yoshlari nimaligini bilmaymiz. Urush qochqinlari bo‘lmaydi.

  •   Muammo: kasalliklar

     Muqaddas Kitobdagi va’da: «Hech kim: “Men kasalman”,— demaydi». (Ishayo 33:24)

     Yechim: odamlar nogironlik va turli xastaliklardan azob chekmaydi. (Ishayo 35:5, 6) Muqaddas Kitobda berilgan va’daga ko‘ra «o‘lim... boshqa bo‘lmaydi». (Vahiy 21:4)

  •   Muammo: atrof-muhitning zararlanishi

     Muqaddas Kitobdagi va’da: «Sahro va qaqragan yer quvonadi, Dasht-biyobon shodlanib, za’faron kabi gullaydi». (Ishayo 35:1)

     Yechim: Xudo azalda niyat qilganiday sayyoramiz jannatga aylanadi.

 Muqaddas Kitobda aytilganlar shunchaki chiroyli yertak yemasmi?

 Bir qarashda hammasi shunday tuyulishi mumkin. Biroq biz sizni kelajak haqida Muqaddas Kitobda nimalar aytilganini chuqurroq o‘rganishga taklif yetamiz. Nega? Muqaddas Kitobdagi va’dalar odamlarning va’dalari va bashoratlaridan farq qiladi. Negaki bu va’dalarni Xudo bergan. Bu yesa salmoqli dalil. Mana bir nechta sabab:

  •   Xudo ishonchga sazovor. Muqaddas Kitobda aytilishicha Xudo «yolg‘ondan xoli». (Titusga 1:2) Bundan tashqari, U kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga yega. (Ishayo 46:10) Muqaddas Kitobda Xudoning aytganlari doim rost bo‘lib chiqqanini isbotlovchi ko‘p misollar yozilgan. Ko‘proq ma’lumotni «Muqaddas Kitob chindan ham Xudodanmi?» nomli videoni tomosha qilib bilib olish mumkin.

  •   Xudo muammolarimizni hal yetish qudratiga yega. Muqaddas Kitobda Xudo «O‘ziga ma’qul bo‘lgan ishni qiladi»gan qudratga yega deb yozilgan. (Zabur 135:5, 6) Boshqacha qilib aytganda hech narsa Xudoni O‘zining va’dalarini amalga oshirishdan to‘xtata olmaydi. Bundan tashqari, Xudo bizni sevgani uchun bizga yordam bermoqchi. (Yuhanno 3:16)

 Sizda shunday savol tug‘ilishi tabiiy: «Agar Xudo bizga yordam bermoqchi bo‘lsa va qudratli bo‘lsa, nega haligacha ko‘p muammolardan azob chekib kelyapmiz?» Bu savolga javobni «Nega Alloh azob-uqubatlarga yo‘l qo‘ymoqda?» nomli videoni tomosha qilib bilib olish mumkin.

 Muqaddas Kitobda aytilganlar qanday amalga oshadi?

 Xudo O‘z Shohligini, ya’ni samoviy hukumatidan foydalanib O‘z va’dalarini amalga oshiradi. U Iso Masihni bu Shohlikning Shohi yetib tayinladi va unga sayyoramizga hamda undagi odamlarga g‘amxo‘rlik qilish vakolatini berdi. Iso yer yuzida bo‘lganida odamlarning kasalliklarini davolagan, ochlarni to‘ydirgan, tabiat kuchlarini o‘ziga bo‘ysundirgan va hatto o‘lganlarni tiriltirgan. (Mark 4:39; 6:41–44; Luqo 4:40; Yuhanno 11:43, 44) Bunday qilib u Xudo Shohligining Shohi bo‘lganida nimalarni amalga oshirishini ko‘rsatgan.

 «Xudoning Shohligi nima?» nomli videoni tomosha qilib, Xudoning Shohligi sizga qanday barakalar keltirishini bilib oling.

 Bu qachon amalga oshadi?

 Yaqinda! Buni qanday bilsa bo‘ladi? Muqaddas Kitobda Xudoning Shohligi yer yuzi ustidan boshqara boshlashini ko‘rsatuvchi voqealar haqida bashorat bor. Bu voqealar belgi vazifasini o‘taydi. (Luqo 21:10, 11) Ayni paytda dunyoda yuz berayotgan voqealar Muqaddas Kitobda yozilganlarga aniq mos kelyapti.

 Ko‘proq bilib olish uchun «Xudoning Shohligi yer yuzi ustidan qachon boshqarishni boshlaydi?» nomli maqolani o‘qing.

 Muqaddas Kitobdagi umid bugun bizga qanday yordam beradi?

 Muqaddas Kitob yozuvchilaridan biri Xudo bergan umid «jonimiz uchun langardek» xizmat qiladi, deb aytgan. (Ibroniylarga 6:19) Langar bo‘ron paytida kemani barqaror holatda saqlaganidek, Muqaddas Kitobdagi mustahkam umid ham hozir biz duch kelayotgan muammolarni boshdan kechirishimizga yordam beradi. Umidimiz bizni hissan, aqlan va hatto jismonan himoya qiladi. (1 Salonikaliklarga 5:8)