1 Salonikaliklarga 5:1-28

  • Yahovaning kuni kelishi (1-5)

    • «Tinchlik va xavfsizlik!» (3)

  • Hushyor turib, sergaklikni saqlash (6-11)

  • Nasihatlar (12-24)

  • Xayrlashuv so‘zlari (25-28)

5  Birodarlar, vaqt va muddatlarga kelsak, ular haqida sizlarga yozishning hojati yo‘q.  O‘zlaringiz ham yaxshi bilasizlarki, Yahovaning* kuni+ o‘g‘ri tunda kelgandek keladi+.  Odamlar: «Tinchlik va xavfsizlik!» — deb yurishganda, homilador ayolni to‘lg‘oq tutib qolganidek, ular nogahon halokatga duchor bo‘lishadi+. Ular sira qochib qutula olishmaydi.  Lekin siz birodarlar, o‘sha kun to‘satdan kelganda uning qo‘liga tushmaysizlar, sababi siz o‘g‘rilar kabi qorong‘ilikda emassizlar.  Zero sizlar nur va kunduzning o‘g‘illarisiz+. Bizlar na tunga, na zulmatga tegishlimiz+.  Xullas kelinglar, boshqalarga o‘xshab uxlamaylik+, ammo hushyor turib+, sergaklikni saqlaylik+.  Uxlayotganlar tunda uxlashadi va ichib olganlar kechasi mast bo‘lishadi+.  Ammo biz kunduzga tegishli bo‘lganlar, kelinglar, hushyorlikni saqlab, imon va muhabbat sovutini, najot umidini dubulg‘adek kiyib olaylik+.  Boisi, Tangri bizni O‘zining qahriga mubtalo qilish uchun emas, aksincha, Hazratimiz Iso Masih orqali qutqarilish uchun tanladi+. 10  Iso Masih biz uchun o‘lgan ekan+, hushyormizmi, uyqudamizmi*, biz hamisha u bilan yashashimiz kerak+. 11  Shu sababli, hozir ham qilayotganingizdek, bir-biringizga dalda berib, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlanglar+. 12  Birodarlar, orangizda zo‘r berib mehnat qilayotganlarni, Hazratimizning ishida sizlarni boshqarayotganlarni hamda sizlarga nasihat berayotganlarni hurmat qilishingizni iltimos qilamiz. 13  Shuningdek, bajarayotgan ishlari uchun ularga ehtirom ko‘rsatib, sevinglar+. O‘zaro tinch-totuv yashanglar+. 14  Birodarlar, sizlarga nasihatimiz shu: tartibni buzayotganlarni ogohlantiringlar*+, ruhi tushganlarga tasalli beringlar, kuchsizlarga yordamlashinglar, hamma odamlarga sabr-toqatli bo‘linglar+. 15  Hech bir kishi yomonlik evaziga yomonlik qaytarmasin+, aksincha, bir-biringizga hamda boshqalarga yaxshilik qilishga intilinglar+. 16  Doimo xursand bo‘linglar+. 17  Tinmay ibodat qilinglar+. 18  Har narsa uchun minnatdorchilik bildiringlar+. Chunki Iso Masihning izdoshlari bo‘lgan sizlarga nisbatan Allohning irodasi shudir. 19  Xudoning ruhi sizlarda amal qilishiga to‘sqinlik qilmanglar*+. 20  Bashoratlarga beparvo bo‘lmanglar+. 21  Har narsani tekshirib ko‘rib+, yaxshisiga yopishib olinglar. 22  Har qanday yomonlikdan o‘zingizni chetga tortinglar+. 23  Tinchlik Xudosi sizlarni butunlay muqaddas qilsin. Hazratimiz Iso Masihning hozir bo‘lish payti davomida ruhingiz, joningiz* va tanangiz har tomonlama benuqson bo‘lib qolsin+. 24  Sizlarni da’vat etgan Alloh ishonchlidir va U buni qiladi. 25  Birodarlar, bundan buyon ham biz uchun ibodat qilinglar+. 26  Barcha birodarlarni birodarlik sevgisi ila o‘pib qarshi olinglar. 27  Bu maktubni hamma birodarlarga o‘qib berish mas’uliyatini Hazratimiz oldida zimmangizga yuklayman+. 28  Hazratimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo‘lsin.

Izohlar

Yoki «o‘lim uyqusidamizmi».
Yoki «tartibni buzayotganlarga pand-nasihat qilinglar».
So‘zma-so‘z «ruhning alangasini o‘chirmanglar».
Yoki «hayotingiz». Lug‘atga q.