Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

151-QO‘SHIQ

Tirilish va’dasi

Tirilish va’dasi

(Ayub 14:13–15)

  1. 1. Bug‘ misoli paydo bo‘lar hayot

    Va tez o‘tib ketar u.

    Dard-u alam, ko‘z yosh olib kelar,

    Uchqun kabi so‘nar u.

    Lekin Yahova O‘z So‘zi ila

    Shunday zo‘r va’da berar:

    (NAQAROT)

    «Yaqinda Mening izmim-la

    Marhumlar hayot bo‘lar.

    Axir ulkan sog‘inch-la

    Ularni qalbim qo‘msar.

    Sen bunga ishon butunlay,

    Har so‘zim bajo bo‘lar.

    Mangu yashar albatta

    Men uchun aziz bashar».

  2. 2. O‘z do‘stlarin Alloh esda saqlar,

    Ular vafot etsa ham,

    Va uyg‘otar o‘lgan sodiq qulin,

    Yillar o‘tib ketsa ham.

    Bunday payt kelar, hur jannat bo‘lar,

    Rab O‘zi va’da qilar:

    (NAQAROT)

    «Yaqinda Mening izmim-la

    Marhumlar hayot bo‘lar.

    Axir ulkan sog‘inch-la

    Ularni qalbim qo‘msar.

    Sen bunga ishon butunlay,

    Har so‘zim bajo bo‘lar.

    Mangu yashar albatta

    Men uchun aziz bashar».

(Shuningdek, Yuhan. 6:40; 11:11, 43; Yoqb. 4:14 ga qarang.)