Yuhanno 6:1-71
6 So‘ngra Iso Jalila yoki Tiveriya dengizining* narigi qirg‘og‘iga suzib o‘tdi+.
2 U bemorlarni mo‘jizaviy ravishda sog‘aytirganini ko‘rib+, xaloyiq uning orqasidan ergashib borardi+.
3 Keyin Iso tog‘ga chiqib, shogirdlari bilan birga u yerda o‘rnashdi.
4 Yahudiylarning Fisih bayrami+ yaqinlashayotgan edi.
5 Iso qarasa, olomon u tomonga kelayotgan ekan. Shunda u Filipdan so‘radi: «Ularni to‘yg‘azish uchun qayerdan non sotib olsak bo‘ladi?»+
6 Bu gapni esa Filipni sinash uchun aytgandi, chunki nima qilishni o‘zi bilardi.
7 Filip unga javoban: «Hatto 200 dinorga* non sotib olsak-da, har biriga oz-ozdan ham yetmaydi-ku»,— dedi.
8 Shogirdlaridan biri, Simun Butrusning ukasi Idris Isoga shunday deb aytdi:
9 «Ana, bir bolada beshta arpa non va ikkita kichkina baliq bor. Lekin ko‘pchilikka bu nima ham bo‘lar edi?»+
10 Iso: «Odamlar o‘tirishsin»,— deb aytdi. U yer o‘tloq joy edi. Xaloyiq o‘tirdi va erkaklarning o‘zi qariyb 5 000 kishi edi+.
11 Shunda Iso nonlarni olib, Xudoga shukrona duosini aytdi va o‘tirganlarga tarqatdi. Shuningdek, kim qancha istagan bo‘lsa, kichkina baliqlardan ham shuncha berdi.
12 Ular to‘ygach esa, Iso shogirdlariga: «Qolgan burdalarni terib olinglar, hech narsa isrof bo‘lmasin»,— dedi.
13 Ular odamlar yegan beshta arpa nondan qolgan burdalarni terib olishganda, naq 12 savat chiqdi.
14 Isoning qilgan mo‘jizalarini ko‘rib odamlar: «U haqiqatan ham dunyoga kelishi kerak bo‘lgan payg‘ambar»+,— deb ayta boshlashdi.
15 Odamlar uni shoh qilish niyatida tutib olishmoqchi ekanini bilib, Iso yana bir o‘zi+ tog‘ga chiqib ketdi+.
16 Kech kirganda, shogirdlari dengiz bo‘yiga borishdi+.
17 Qayiqga o‘tirib, dengiz orqali Kafarnahumga yo‘l olishdi. Qorong‘i tushgan, Iso esa ularning oldiga hali qaytmagan edi+.
18 To‘satdan kuchli shamol esib, dengiz to‘lqinlanib ketdi+.
19 Ular qariyb besh yoki olti kilometr* suzgandan so‘ng, dengiz yuzida yurib qayiqga yaqinlashayotgan Isoni ko‘rib dahshatga tushishdi.
20 Ammo u shogirdlariga: «Bu menman, qo‘rqmanglar!»+ — dedi.
21 Shunda ular quvonib, uni qayiqga olishdi va ko‘p o‘tmay qayiq ular borayotgan qirg‘oqga yetib to‘xtadi+.
22 Ertasi kun narigi sohilda bo‘lgan kishilar bitta kichik qayiq qolganini ko‘rib, Iso shogirdlar bilan birga qayiqga tushmaganini va shogirdlari o‘zlari jo‘nab ketishganini payqashdi.
23 Shu payt Tiveriyadan qayiqlar kelib qoldi. Ular to‘xtagan joy Hazrat shukrona duosini aytgan va xaloyiq non yegan joyga yaqin edi.
24 Xaloyiq Iso bilan shogirdlari yo‘qligini ko‘rgach, qayiqlarga tushib, Isoni izlash uchun Kafarnahumga jo‘nadi.
25 Uni boshqa qirg‘oqda topib, bunday deya so‘rashdi: «Ustoz+, bu yerga qachon keldingiz?»
26 Iso ularga javoban dedi: «Ishonavering, mo‘jizalarimni ko‘rganingiz uchun emas, balki non yeb to‘yganingiz uchun meni qidiryapsizlar+.
27 Sizlar o‘tkinchi yegulik uchun emas, abadiy hayotga eltadigan yegulik uchun mehnat qilinglar+. Bunday yegulikni sizlarga Inson O‘g‘li beradi. Zero Ota, ya’ni Xudo, O‘z O‘g‘lidan mamnun ekanligini ko‘rsatadigan muhrni uning ustiga qo‘ydi»+.
28 Shunda ular Isodan: «Allohga ma’qul ishlarni bajarish uchun nima qilishimiz kerak?» — deya so‘rashdi.
29 Iso quyidagicha javob berdi: «Bunday ma’qul ish Xudo yuborgan zotga ishonishdir»+.
30 Xaloyiq esa unga shunday dedi: «Sizga ishonishimiz uchun qanday mo‘jiza ko‘rsatasiz?+ Qanday ish qilasiz?
31 Masalan ota-bobolarimiz sahroda mannani yeyishgan+, Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: “Eyish uchun ularga osmondan non yog‘dirdi”»+.
32 Iso esa ularga shunday dedi: «Ishonavering, Muso sizlarga osmondan non bermagan, sizlarga osmondan haqiqiy non berayotgan mening Otamdir.
33 Xudo bergan non, bu samodan tushuvchi va dunyoga hayot ato etuvchi zotdir».
34 Bunga javoban ular shunday deyishdi: «Hazrat, bizga hamisha shunday nondan bering».
35 Iso ularga qarata dedi: «Men hayot noniman. Mening oldimga kelayotgan hech qachon och bo‘lmaydi, menga ishongan hech qachon chanqamaydi+.
36 Lekin men sizlarga aytganimdek, garchi meni ko‘rayotgan bo‘lsangiz-da, baribir ishonmayapsiz+.
37 Otam menga bergan har bir kishi oldimga keladi va uni men sira haydab yubormayman+.
38 Axir men o‘zimning emas, meni Yuborganning irodasini bajarish uchun+ osmondan tushganman+.
39 Meni Yuborganning irodasi shundaki, U menga berganlarning hech birini yo‘qotmasdan, ularning har birini oxirgi kunda tiriltirayin+.
40 Otamning irodasi — O‘g‘ilni ko‘rib, unga ishongan har kim mangu hayotga noil bo‘lishidan iborat+ va men uni so‘nggi kunda tiriltiraman»+.
41 Shu payt yahudiylar Isoning: «Osmondan tushgan non menman»+,— degan so‘zlaridan noliy boshlashdi.
42 Ular quyidagicha aytishardi: «Axir bu Yusufning o‘g‘li Iso emasmi? Uning otasini ham, onasini ham bilamiz-ku+. Qanaqasiga u: “Men osmondan tushganman”,— deyapti?»
43 Iso ularga javoban: «Nolishni bas qilinglar.
44 Agar meni yuborgan Otam birovni jalb qilmasa, hech kim oldimga kela olmaydi+. Menga kelgan kishini esa oxirgi kunda tiriltiraman+.
45 Payg‘ambarlar bashorat qilganidek: “Ularning barchasi Yahovadan* ta’lim oladi”+. Otamga quloq solib, Undan ta’lim olgan har bir inson oldimga keladi.
46 Mendan tashqari Otamni hech bir odam ko‘rmagan+. Alloh yuborgan mengina Uni ko‘rganman+.
47 Ishonavering, menga ishongan har bir inson abadiy hayotga egadir+.
48 Men hayot noniman+.
49 Ota-bobolaringiz sahroda manna yeganlariga qaramay, o‘lib ketishgan+.
50 Samodan tushgan nonni yegan inson esa o‘lmaydi.
51 Men osmondan tushgan tirik nondirman. Bunday nonni kim yesa, mangu yashaydi. Bu non mening tanamdir, uni insoniyatga* hayot baxsh etish uchun fido qilaman»+.
52 Shunda yahudiylar o‘zaro bahslasha boshlashdi: «Qanday qilib bu odam bizga o‘z tanasini yediradi?»
53 Bunga javoban Iso quyidagilarni aytdi: «Ishonavering, Inson O‘g‘lining tanasini yemasangiz va qonini ichmasangiz, hayotga ega bo‘lmaysiz+.
54 Kimki tanamni yeb, qonimni ichsa, abadiy hayotga ega bo‘ladi va men uni oxirgi kunda tiriltiraman+.
55 Mening tanam — haqiqiy ozuqa, qonim — haqiqiy ichimlik.
56 Tanamni yegan va qonimni ichgan men bilan birlikda, men esa u bilan birlikdaman+.
57 Barhayot Otam meni yubordi va men Otam orqali yashayapman. Xuddi shunday, tanamni yegan kishi ham men orqali yashaydi+.
58 Osmondan tushgan non mana shudir. Bu non ota-bobolaringiz yegan mannaga o‘xshamaydi, ular uni yeb o‘lib ketishgan. Ushbu nonni yeydigan esa mangu yashaydi»+.
59 Bularni Iso Kafarnahumdagi ibodatxonada ta’lim berayotganida gapirdi.
60 Bu gaplarni eshitib, aksariyat shogirdlar bunday deyishdi: «Qanday bo‘lmag‘ur gaplar! Ularni kim ham tinglay oladi?»
61 Shogirdlari buning dastidan nolishganini bilib, Iso ularga shunday dedi: «Nahotki bu sizlarni qoqintirdi?
62 Unda Inson O‘g‘lining ilgarigi joyga ko‘tarilayotganini ko‘rsangizlar nima bo‘ladi?+
63 Muqaddas ruh hayot ato etadi+, tanadan esa hech qanday foyda yo‘q. Sizlarga aytayotgan gaplarim muqaddas ruhdan kelib chiqqan bo‘lib, hayot baxsh etadi+.
64 Ammo orangizda ishonmaydiganlar bor». Sababi, Iso kimlar ishonmasligini va unga kim xiyonat qilishini avvaldan bilar edi+.
65 Iso yana shunday dedi: «Mana shu sababdan men sizlarga: “Agar meni yuborgan Otam birovni jalb qilmasa, hech kim oldimga kela olmaydi”+,— deganman».
66 Shundan so‘ng shogirdlaridan ko‘pchiligi avvalgi ishiga qaytib+, uning orqasidan boshqa yurmay qo‘ydi.
67 Shunda Iso 12 shogirdidan so‘radi: «Balki sizlar ham ketmoqchidirsiz?»
68 Simun Butrus unga javoban: «Hazrat, biz kimga ham boraylik?+ Axir sizda abadiy hayotning so‘zlari bor-ku+.
69 Biz ishondik va bilamizki, siz Alloh yuborgan muqaddas Kishisiz»+,— dedi.
70 Iso ularga javoban aytdi: «Sizlarni o‘n ikkita qilib tanlagan o‘zim emasmanmi?+ Biroq sizlardan biringiz tuhmatchidir*»+.
71 U Simun Ishqariyotning o‘g‘li Yahudoni nazarda tutgan edi. U 12 shogirddan biri bo‘lib, keyinchalik Isoga xiyonat qilgan+.
Izohlar
^ Yoki «ko‘lining».
^ So‘zma-so‘z «taxminan 25 yoki 30 stadiya». Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ So‘zma-so‘z «dunyoga».
^ Yoki «iblisdir».

