Zabur 97:1-12

  • Yahova boshqa xudolardan yuksak

    • «Yahova Shoh bo‘ldi!» (1)

    • Yahovani sevib, yomonlikdan nafratlaning (10)

    • «Odil inson uchun nur» (11)

97  Yahova Shoh bo‘ldi!+ Yer xursand bo‘lsin+. Orollar shodlansin+.   Bulutlar va tim qorong‘ilik Uning atrofidadir+,Taxtining poydevori adolat va haqqoniyatdir+.   Uning oldidan olov o‘tadi+,Atrofidagi dushmanlarini yutib yuboradi+.   Chaqmoqlari dunyoni yoritadi,Yer buni ko‘rib titrab ketadi+.   Butun yer yuzining Rabbi oldida,Yahova qarshisida tog‘lar mumday erib ketadi+.   Samolar Uning adolatini e’lon qiladi,Barcha xalqlar Uning ulug‘vorligini ko‘radi+.   O‘yma butlarga sig‘inadiganlar sharmanda bo‘lsin+,Behuda xudolari bilan maqtanadiganlar uyatga qolsin+. Ey xudolar, barchangiz Unga sajda qiling!+   Ey Yahova, hukmlaring haqidaSion eshitib quvondi+,Yahudo shaharlari* shod bo‘ldi+.   Ey Yahova, butun yerning Xudoyi Taolosi Sensan,Boshqa barcha xudolardan g‘oyat ustunsan+. 10  Ey, Yahovani sevadiganlar, yomonlikdan nafratlaning+. Alloh Unga sodiq bo‘lganlarning jonini* asraydi+,Yovuz kimsalarning qo‘lidan ularni qutqaradi+. 11  Odil inson uchun nur porladi+,Dili to‘g‘rilarga shodlik yoyildi. 12  Ey odillar, Yahova sevinchingiz bo‘lsin,Uning muqaddas ismiga tasannolar ayting!

Izohlar

So‘zma-so‘z «qizlari».
Yoki «hayotini».