Zabur 41:1-13

  • Betobning ibodati

    • «Xudo kasalni qo‘llab-quvvatlaydi» (3)

    • Yaqin do‘stning xoinligi» (9)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Dovud sanosi. 41  Bechoraga yordam qo‘lini cho‘zgan inson baxtlidir+,Musibat kuni Yahova bunday kishini qutqaradi.   Yahova uni himoya qilib, jonini omon saqlaydi. U yer yuzida baxtli inson deya ataladi+,Sen hech qachon uni dushmanlarining qo‘liga topshirib qo‘ymaysan+.   Kasal bo‘lganida Yahova uni qo‘llab-quvvatlaydi+,To‘shakda xasta bo‘lib yotganda, Sen unga g‘amxo‘rlik qilasan.   Shu bois: «Menga iltifot ko‘rsatgin, ey Yahova+. Menga shifo bergin+, chunki Senga qarshi gunoh qildim»+,— deb aytdim.   Dushmanlarim bo‘lsa menga yomonlik tilab: «U qachon o‘lib, nomi o‘chib ketar ekan?» — deydi.   Birortasi mendan hol so‘rab kelsa, qalbiga yolg‘on so‘zlashni tugib keladi. U menga qarshi gapirishga shaylanadi,So‘ng tashqariga chiqib, buni hammaga tarqatadi.   Mendan nafratlanadiganlar o‘zaro pichirlashib,Shunday deya menga qarshi reja tuzadi:   «U baloga yo‘liqdi.Mana, u qaytib turmaydigan bo‘lib yotibdi»+.   Hatto men bilan ahil bo‘lgan, men ishongan+,Non-tuzimni totgan kishi menga qarshi tovonini ko‘tardi*+. 10  Ammo Sen, ey Yahova, menga iltifot ko‘rsatib, o‘rnimdan turg‘iz,Toki ularning qilmishlariga yarasha qaytaray. 11  Dushmanlarim ustimdan zafar qozona olmasa+, Mendan mamnun ekaningni shundan bilib olaman. 12  Benuqson bo‘lganim bois, meni qo‘llab-quvvatlab kelding+,Huzuringda meni toabad turg‘izasan+. 13  Isroil shohi Yahovaga hamd-u sano bo‘lsin!U abadulabad madh etilsin!+ Omin, omin.*

Izohlar

Yoki «menga qarshi chiqdi».
Yoki «Shunday bo‘lsin! Shunday bo‘lsin!»