Asosiy materiallarga o‘tish

Yahovaning Shohidlari bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilsam, ulardan biri bo‘lishga majburmanmi?

Yahovaning Shohidlari bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilsam, ulardan biri bo‘lishga majburmanmi?

 Yo‘q, bunday qilishga majbur emassiz. Millionlab odamlar Yahovaning Shohidi bo‘lmay turib ham, Muqaddas Kitobni tadqiq qilishdan zavq olmoqda a. Tadqiq o‘tishning maqsadi sizni Muqaddas Kitobdagi haqiqatlar bilan tanishtirish. Bu bilimlardan qanday foydalanish esa sizga havola. Imon masalasini shaxsiy deb bilamiz. (Yoshua 24:15)

Tadqiq davomida o‘z Muqaddas Kitobimdan foydalansam bo‘ladimi?

 Ha. Garchi zamonaviy tilda yozilgan «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»dan foydalanishdan zavq olayotgan bo‘lsak-da, siz o‘z Muqaddas Kitobingizdan foydalansangiz ham xursand bo‘lamiz. Istasangiz mazkur tarjimaning nusxasini bepul olishingiz mumkin. Umid va najot haqidagi xabarni Muqaddas Kitobning deyarli har qanday tarjimasidan bilib olish imkoni bor.

Nega boshqalar bilan Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkazasiz?

  •   Bunday qilishga bizni eng avvalo Xudovand Yahovaga bo‘lgan sevgi undaydi. U olgan bilimlarimizni boshqalarga aytishimizni xohlaydi. (Matto 22:37, 38; 28:19, 20) Biz uchun «Tangrining xizmatdoshlari» bo‘lib, odamlarga Uning Kalomida yozilganlarni bilib olishga yordam berish katta sharaf. (1 Korinfliklarga 3:6–9)

  •   Shuningdek, barcha odamlarni yaxshi ko‘ramiz. (Matto 22:39) Bilib olgan ajoyib narsalarimizni boshqalar bilan bo‘lishishdan zavq topamiz. (Havoriylar 20:35)

a 2019-yilning hisobotiga ko‘ra, har oy 9618182ta tadqiq o‘tkazilgan. Tadqiqlarning ko‘pi bir vaqtning o‘zida bir necha odam bilan o‘tkazilgan. Ammo o‘sha yili faqatgina 303866 kishi Yahovaning Shohidi sifatida suvga cho‘mgan.