Asosiy materiallarga o‘tish

Ular binafsha rang uchburchak taqib yurishgan

Ular binafsha rang uchburchak taqib yurishgan

Mod ismli imondoshimiz Fransiyada yashaydi va imkoniyatlari cheklangan bolalar o‘qiydigan maktabdagi o‘qituvchilarning yordamchisi bo‘lib ishlaydi. Yaqinda o‘sha maktabdagi o‘quvchilar Xolokost va nasistlar konslagerlari haqida dars o‘tishgan. U yerdagi mahbuslarning ustidagi kiyimiga binafsha rang uchburchak tikilgan edi. Uning rangi va shakli ular nega lagerda ekanini oshkor etib turardi.

Bu uchburchakka ega bo‘lgan ba’zi mahbuslarga ishora qilib, o‘qituvchi shunday debdi: «Menimcha, bu ular gomoseksualist bo‘lganini ko‘rsatib turardi». Dars tugagach, Mod o‘qituvchi bilan gaplashib, lagerda bunday belgili kiyimni Yahovaning Shohidlari kiyib yurishganini tushuntiribdi *. Bu mavzu bo‘yicha oz-moz ma’lumot tayyorlab kelishni taklif qilibdi. O‘qituvchi bunga rozi bo‘libdi va Modning o‘zi o‘quvchilarga bu borada aytib berishini so‘rabdi.

Yana bir o‘qituvchi boshqa sinfda bu mavzu bo‘yicha dars o‘tkazayotib, mahbuslar taqib yurgan har xil belgilarni ko‘rsatibdi. Binafsha rang uchburchak tikilgan kiyimni Yahovaning Shohidlari kiyib yurgani ko‘rsatilgan edi. Darsdan so‘ng Mod o‘qituvchiga bu mavzu bo‘yicha ma’lumot taklif qilibdi. O‘qituvchi uni olibdi va Modning o‘zi o‘quvchilarga bu borada aytib berishini so‘rabdi.

Mod foydalangan adabiyotlarni ko‘rsatmoqda

Mod birinchi o‘qituvchining darsi uchun o‘quvchilarga video bilan 15 daqiqali nutq tayyorlabdi. Ammo vaqti kelganda, o‘qituvchi unga: «Bir soat davomida gapirishingiz mumkin»,— debdi. Shunda u nasistlar Yahovaning Shohidlarini ta’qib qilgani haqidagi hujjatli videoni qo‘yib beribdi. Videoda Yahovaning Shohidi bo‘lgan 800 ta bola nasistlar tomonidan ota-onasidan ajratildi deyilgan joyda to‘xtatib, Mod o‘sha bolalarning uchtasi haqida ma’lumot o‘qib beribdi. Keyin videoni oxirigacha ko‘rsatibdi va avstraliyalik 19 yoshli Gerxard Shtaynaker ismli Yahova Shohidining xatini o‘qib beribdi. Gerxard uni 1940-yili nasistlar uni qatl etishdan bir necha soat oldin ota-onasiga yozgan edi *.

Mod bu ma’lumot bilan ikkinchi o‘qituvchining darsida ham bo‘lishdi. Uning g‘ayrati tufayli, hozir ikkita o‘qituvchi ham nasistlar konslagerlarining qurbonlari to‘g‘risida aytib berayotganda, Yahovaning Shohidlari haqida gapirib o‘tishadi.

^ 2- x.b. Ikkinchi jahon urushi paytida Germaniyada Bibelforsher (Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari) deb ham tanilgan Yahovaning Shohidlari nasistlarni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishgani uchun ozodlikdan mahrum etilishgan.

^ 4- x.b. Gerxard Shtaynaker Germaniya armiyasiga qo‘shilishdan bosh tortgani uchun o‘lim jazosiga mahkum etilgan. O‘sha so‘nggi xatida u shunday yozgan: «Juda yoshman. Hazratim kuch berishini yolvoryapman. Faqat bu kuch tufayli taslim bo‘lmayman». Ertasi kuni ertalab u qatl etildi. Qabridagi yozuvda: «U Xudoni sharaflash uchun o‘lgan»,— deyilgan.