Asosiy materiallarga o‘tish

Muqaddas Kitobda pardoz-andoz va taqinchoqlar haqida nima deyilgan?

Muqaddas Kitobda pardoz-andoz va taqinchoqlar haqida nima deyilgan?

Muqaddas Kitob asosida javob

 Muqaddas Kitobda bu mavzu batafsil ko‘rib chiqilmagan bo‘lsa-da, unda pardoz-andoz qilish va taqinchoqlar taqish qoralanmagan. Ammo Muqaddas Kitob birinchi navbatda tashqi ko‘rinishga urg‘u bermayapti, balki «eskirmaydigan kiyim», ya’ni «sokin va muloyim ruhga» ega bo‘lishga undayapti. (1 Butrus 3:3, 4)

O‘ziga zeb berish qoralanmagan

  •   Muqaddas Kitobda tilga olingan xudojo‘y ayollar ham o‘zlariga zeb berishgan. Ibrohimning kelini, ya’ni Is’hoqning xotini Rivqo burunga taqiladigan tilla sirg‘a, oltin bilaguzuk va boshqa qimmatbaho taqinchoqlarni taqqan. Bularning barini unga bo‘lajak qaynatasi sovg‘a qilgandi. (Ibtido 24:22, 30, 53) Shunga o‘xshab Ester Fors imperiyasining malikasi etib tayinlanishidan oldin unga «pardoz berilgan». (Ester 2:7, 9, 12) Hoynahoy, pardoz berishda «upa-eliklardan» ham foydalanilgan. (O‘zbekiston Bibliya Jamiyati)

  •   Muqaddas Kitobdagi misollarda zeb-ziynat ijobiy ma’noda qo‘llanilgan. Masalan, yaxshi maslahat beradigan inson «quloq soladigan [kishi] uchun tilla sirg‘a» kabidir. (Hikmatlar 25:12) Shu singari Xudo Isroil xalqiga bo‘lgan munosabatini xotinini bilaguzuk, marjon va zirak bilan bezagan erning munosabatiga o‘xshatgan. Bu zeb-ziynatlar Isroil xalqini nihoyatda «chiroyli» qilgan. (Hizqiyo 16:11–13)

Pardoz-andoz va taqinchoqlar borasida noto‘g‘ri fikrlar

 Noto‘g‘ri fikr: Muqaddas Kitobda 1 Butrus 3:3 oyatida «o‘rilgan sochlar, tilla taqinchoqlar» qoralangan.

 To‘g‘ri fikr: Muqaddas Kitobning matn tarkibi shuni ko‘rsatyaptiki, chiroyli tashqi ko‘rinish yoki zeb-ziynatlar taqishdan ko‘ra, ichki go‘zallik muhimroq ahamiyatga ega. (1 Butrus 3:3–6) Muqaddas Kitobning boshqa oyatlarida ham bu o‘z aksini topadi. (1 Shohlar 16:7; Hikmatlar 11:22; 31:30; 1 Timo‘tiyga 2:9, 10)

 Noto‘g‘ri fikr: «Ko‘ziga surma surtgan» yovuz malika Izabelning misolidan pardoz-andoz qilish noto‘g‘ri ekanini ko‘rsa bo‘ladi. (4 Shohlar 9:30)

 To‘g‘ri fikr: Izabel tashqi ko‘rinishi uchun emas, balki sehr-jodu bilan shug‘ullangani hamda ko‘plarni o‘ldirgani uchun hukm qilingan. (4 Shohlar 9:7, 22, 36, 37)