Asosiy materiallarga o‘tish

Hayotning mazmuni nimada?

Hayotning mazmuni nimada?

Muqaddas Kitob asosida javob

 Insonlar hayotning mazmuni haqida turlicha savollar berishadi. Masalan: «Nega dunyoga kelganmiz?» yoki «Hayotimning mazmuni bormi?» Muqaddas Kitobga ko‘ra, hayotning mazmuni — Xudo bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Quyida Muqaddas Kitobdagi ayrim muhim haqiqatlar keltirilgan:

  •   Xudo Parvardigorimizdir. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Bizni U yaratgan, o‘zimiz emas». (Zabur 100:3, izoh; Vahiy 4:11)

  •   Xudoning barcha ijodlariga nisbatan O‘z maqsadi bor. (Ishayo 45:18)

  •   Xudo bizni «ma’naviy narsalarga chanqoq» qilib yaratgan, shuning uchun ham biz hayotning mazmunini topishga intilamiz. (Matto 5:3) U bu ehtiyojni qondirishimizni istaydi. (Zabur 145:16)

  •   Xudo bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirib ma’naviy ehtiyojlarimizni qondiramiz. Garchi ba’zilar uchun Xudoning do‘sti bo‘lish imkonsizdek tuyulsa-da, Muqaddas Kitob bizni shunday deb chorlamoqda: «Allohga yaqinlashinglar, shunda U ham sizlarga yaqinlashadi». (Yoqub 4:8; 2:23)

  •   Xudoning do‘sti bo‘lish uchun Uning niyatiga ko‘ra yashashimiz kerak. Bu haqda Voiz 12:13 da o‘qisak bo‘ladi: «Allohdan qo‘rq, Uning amrlariga rioya qil, chunki bu, insonning burchidir».

  •   Kelajakda Xudo barcha azob-uqubatlarni bartaraf qilganida va Unga topinayotgan do‘stlariga abadiy hayotni tuhfa etganida Uning azaliy niyati to‘liq amalga oshadi. (Zabur 37:10, 11)