Adolatli iqtisodiyot. Buning iloji bormi?
Turli mamlakatlarda odamlar iqtisodiyot tizimi adolatsiz, deb hisoblashgani uchun ko‘chaga noroziliklar bilan chiqishadi. Iqtisodiyot muammolari COVID-19 pandemiyasi dastidan yanada chuqur ildiz otdi. Izolyatsiya, zaruriy narsalarning yetishmasligi va yaxshi tibbiy yordam olish iloji yo‘qligi tufayli odamlarning hayoti og‘irlashdi. Bu o‘z navbatida, boylar va kambag‘allarning orasidagi jarlikni kengaytirdi.
Hayotimizni murakkablashtirayotgan iqtisodiy muammolar hal bo‘ladimi? Ha. Muqaddas Kitobda Xudo biz duch kelayotgan barcha muammolarga nuqta qo‘yishi haqida aytilgan.
Xudo hal yetadigan iqtisodiy muammolar
Muammo: insonlar barchaning yehtiyojini qondiradigan iqtisodiyot tizimini yarata olmadi.
Yechim: Alloh insoniy hukumatlarning o‘rniga O‘z Shohligini o‘rnatadi. Ushbu Shohlik osmonda bo‘lib, butun yer yuzi ustidan boshqaradi. (Doniyor 2:44; Matto 6:10)
Natija: umumjahon hukumat sifatida Xudoning Shohligi yer yuzidagi muammolarni yeng a’lo yo‘l bilan hal qiladi. Insonlar boshqa kambag‘al bo‘lmaydi va zaruriy narsalar yetishmasligidan xavotirlanmaydi. (Zabur 9:7–9, 18) Aksincha, ular mehnatidan rohat olib, oilalari bilan mazmunli va baxtli hayot kechirishadi. Muqaddas Kitobda shunday bashorat yozilgan: «Ular uylar qurib, bu uylarda yashaydi, uzumzorlar barpo yetib, hosilidan yeydi. Ular qurgan uylarda o‘zgalar yashamaydi, ular yekkan narsalarni boshqalar yemaydi». (Ishayo 65:21, 22)
Muammo: odamlar azob keltirayotgan va yashashi uchun zaruriy narsalardan mahrum qilayotgan hodisalarni chetlab o‘ta olmaydi.
Yechim: Xudo O‘z Shohligi orqali odamlarda qo‘rquv hamda vahima tug‘dirayotgan barcha sabablarni yo‘qqa chiqaradi.
Natija: Alloh odamlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularning o‘zi yoki oilalari zaruriy narsalardan mahrum bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Masalan, urush, oziq-ovqat yetishmovchiligi va o‘latlar o‘tmishda qoladi. (Zabur 46:9; 72:16; Ishayo 33:24) Xudo shunday va’da beryapti: «Xalqim tinchlik hukm surgan, bexatar, tinch-osoyishta joylarda yashaydi». (Ishayo 32:18)
Muammo: xudbin va ochko‘z odamlar odatda boshqalardan foydalanishadi.
Yechim: Xudo Shohligining fuqarolari boshqalarni o‘zidan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rishga o‘rganadi. (Matto 22:37–39)
Natija: Xudo Shohligining boshqaruvi ostida hamma ilohiy sevgini namoyon yetadi. Bu sevgi «o‘z manfaatini ko‘zlamaydi». (1 Korinfliklarga 13:4, 5) Muqaddas Kitobda quyidagicha yozilgan: «Ular muqaddas tog‘imning hech bir yerida zarar yetkazmaydi, hech qanday ziyon ham keltirmaydi. Suvlar dengizni to‘ldirgani kabi, yer yuzi ham Yahova a haqidagi bilimga to‘ladi». (Ishayo 11:9)
Muqaddas Kitobdan ushbu zamonaning oxirgi kunlarida yashayotganimizni va yaqinda Xudo barcha iqtisodiy muammolarni bartaraf qilishini bilib olyapmiz b. (Zabur 12:5) Shuningdek, Kalomdagi prinsiplar hozir duch kelayotgan iqtisodiy muammolarni yengishingizga yordam berishi mumkin. Masalan, «Kamroq pul bilan qay yo‘sin yashash mumkin?» va «Pulga nisbatan to‘g‘ri nuqtai nazarda bo‘lish» nomli maqolalarga qarang.
a Muqaddas Kitobga ko‘ra, Xudoning ismi Yahova. (Zabur 83:18)
b Muqaddas Kitobga nega ishonishingiz mumkinligi haqida bilib olish uchun «Muqaddas Kitob — haqiqatning ishonchli manbai» nomli maqolaga qarang.