Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

92-QO‘SHIQ

Isming ila atalgan dargoh

Isming ila atalgan dargoh

(1 Solnomalar 29:16)

  1. 1. Senga, Yahova, topinmoq-chun

    Qurdik bu yangi dargohni.

    Bunda qatnashib shod yurak-la,

    Elga taratdik shoningni.

    Senga jon-dildan baxsh etgaymiz

    Mehnat, iste’dod, mol-mulkni.

    Bizda bor narsa — Senikidir,

    Bergansan O‘zing ularni.

    (NAQAROT)

    Qabul qil, Rab, ushbu uyni,

    U yoysin isming har dam.

    Shuning uchun Senga uni

    Baxsh etgaymiz chin qalbdan.

  2. 2. Senga, Otajon, hamd aytmoq-chun

    Bugun yig‘ildik uyingda.

    Iloyo, chanqoq insonlar ham

    Madh etsin Seni shu yerda.

    Ushbu topinish joyini biz

    Mudom saqlaylik ozoda.

    Axir shohidlik beradi u

    Sening Shohliging haqida.

    (NAQAROT)

    Qabul qil, Rab, ushbu uyni,

    U yoysin isming har dam.

    Shuning uchun Senga uni

    Baxsh etgaymiz chin qalbdan.