Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

6-QO‘SHIQ

Samolar Allohning ulug‘vorligidan xabar beradi

Samolar Allohning ulug‘vorligidan xabar beradi

(Zabur 19)

  1. 1. Alloh shonin falak doston etgaydir.

    Ko‘kka boqqan zamon

    Ko‘rgaymiz ijodin.

    Ham tun, ham kun olqishlab Tangrini,

    Kuylar cheksiz donoligin,

    Mehrin va qudratin.

  2. 2. Rabning So‘zi komil va hayotbaxshdir,

    Xoh yosh, xoh keksaga

    Bergay u yo‘l-yo‘riq.

    Odil va haqdir oliy farmoni.

    Uning so‘zi boldan shirin,

    Shabnamdek pok, aniq.

  3. 3. Yahdan qo‘rqsak, dono bo‘lgaymiz har vaqt.

    Uning qonunlari

    A’lodir oltindan.

    Amri erur xalqiga himoya.

    Ismin, sha’nin biz yoyamiz

    Maqtov-la chin dildan.

(Shuningdek, Zab. 111:9; 145:5; Vah. 4:11 ga qarang.)