Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

52-QO‘SHIQ

Yahovaga bag‘ishlanuv

Yahovaga bag‘ishlanuv

(Ibroniylarga 10:7, 9)

  1. 1. Barpo bo‘lgan Rab so‘zi-la

    Ushbu ulkan olam.

    Unga cheksiz madhlar aytgay

    Osmon-u yer har dam.

    Berib hayot nafasin U,

    Bunyod etdi bizni.

    Tangri Yahova hamdga loyiq,

    Ulug‘dir Uning sha’ni.

  2. 2. Xudo izmin bajarmoq-chun

    Iso suvga cho‘mgan.

    «Xizmat uchun keldim»,— deya,

    Rabga duo qilgan.

    Suvga cho‘mgach, moylangan u

    Alloh ruhi bilan.

    Uning niyatin bajo aylab,

    So‘zsiz itoat qilgan.

  3. 3. Yo Rab, isming ulug‘lash-chun

    Biz shu joyga keldik.

    Kamtar yurak ila Senga

    Jonni nisor etdik.

    To‘lov berding har inson-chun,

    Qurbon qilib O‘g‘ling.

    Endi Sen uchun yashab mudom,

    Bo‘lgaymiz sodiq quling.

(Shuningdek, Mat. 16:24; Mark 8:34; Luqo 9:23 ga qarang.)