Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

50-QO‘SHIQ

Bag‘ishlanish ibodati

Bag‘ishlanish ibodati

(Matto 22:37)

  1. 1. Baxsh etay Senga, Rabbim,

    Qalb qo‘rim va ko‘z nurim.

    Haq yo‘ling dildan sevay

    Va Senga hamdlar aytay.

  2. 2. Pok saqlab butun tanam,

    Madh etay Seni, Egam.

    Bor mehrim etib oshkor,

    Mol-mulkim aylay nisor.

  3. 3. Baxsh etay Senga, Tangrim,

    Gul umrim, butun jonim.

    Har so‘zim, ishim bilan,

    Yah, aylay ko‘ngling xurram.

(Shuningdek, Zab. 40:8; Yuhan. 8:29; 2 Kor. 10:5 ga qarang.)