Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

147-QO‘SHIQ

Va’da qilingan abadiy hayot

Va’da qilingan abadiy hayot

(Zabur 37:29)

  1. 1. Rab abadiy kelajakdek

    Zo‘r mukofot beradi.

    U kamtarni bu in’om-la

    Chin dildan siylaydi.

    (NAQAROT)

    Yah doim sodiqdir,

    Haq va ishonchlidir.

    U hech buzmagaydir

    Ahd-u paymonin.

  2. 2. Bor gunohga chek qo‘ygaydir

    Hur jannatda Yahova

    Va halovat baxsh etgaydir

    O‘z mo‘min quliga.

    (NAQAROT)

    Yah doim sodiqdir,

    Haq va ishonchlidir.

    U hech buzmagaydir

    Ahd-u paymonin.

  3. 3. Tez kunlarda yo‘qolgaydir

    G‘am-qayg‘ular va o‘lim.

    Rab hamdardlik-la artgaydir

    Dard-alam ko‘z yoshin.

    (NAQAROT)

    Yah doim sodiqdir,

    Haq va ishonchlidir.

    U hech buzmagaydir

    Ahd-u paymonin.