Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

135-QO‘SHIQ

Yahova mehr ila chorlar: «O‘g‘lim, dono bo‘l»

Yahova mehr ila chorlar: «O‘g‘lim, dono bo‘l»

(Hikmatlar 27:11)

  1. 1. O‘g‘il-qizlarim, haq yo‘lda sodiq qoling,

    Yovim ko‘targan da’voga javob bering.

    Saqlab mustahkam imonni yoshlik chog‘da,

    Shonim yoymoqdasiz so‘zda va amalda.

    (NAQAROT)

    Farzandlarim, dono tanlov-la

    Mangu aylang qalbim shodon.

    Qilib xizmatim chin yurak-la,

    Yoying ismim elga mudom.

  2. 2. Menga baxsh eting jon-dildan eng a’losin,

    Qo‘rqmang g‘ovlardan, cho‘zaman yordam qo‘lin.

    Dunyo sochganda sizlarga g‘azab o‘tin,

    Bergayman dalda, yog‘dirib cheksiz mehrim.

    (NAQAROT)

    Farzandlarim, dono tanlov-la

    Mangu aylang qalbim shodon.

    Qilib xizmatim chin yurak-la,

    Yoying ismim elga mudom.

(Shuningdek, Qonun. 6:5; Voiz 11:9; Ishayo 41:13 ga qarang.)