Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1-QO‘SHIQ

Yahovaning fazilatlari

Yahovaning fazilatlari

(Vahiy 4:11)

  1. 1. O‘zingsan, Egam, olam Sohibi,

    Ziyo Chashmasi va hayot Manbai.

    Borliq-la kuch-qudrating yoyilgay;

    Ham yer, ham osmon mangu turgay.

  2. 2. Taxting tayanchi erur adolat.

    Amring orqali taralur haqiqat.

    So‘zing — bilim, hikmating gavhari,

    Quyoshdek porlar uning nuri.

  3. 3. Komildir sevging, Tangri Taolo.

    In’om-ehsoning oltindan ham a’lo.

    Ulug‘ isming xabarlab har qachon,

    E’lon etamiz fazling shodon.