o‘zbekcha (lotincha)
Rojdesto bayrami. Ular yaxshiroq narsani topishdi
/assets/ct/28ada02fb0/images/syn_placeholder_sqr.png
w12 1.12.

Ular yaxshiroq narsani topishdi

Ular yaxshiroq narsani topishdi

MILLIONLAB masihiylar Rojdestvo bayramini nishonlamaslikka qaror qildi. Xo‘sh, bundan ular nimani his qilyapti? Ular o‘zini nimadandir quruq qolayotgandek his qilyaptimi? Farzandlari-chi? Dunyo bo‘ylab Yahovaning Shohidlari bu borada nima deganini ko‘rib chiqing.

YEVA

Iso Masihni eslab turish. «Yahovaning Shohidi bo‘lishimdan oldin cherkovga kamdan-kam qatnardim. U yerga borsam ham faqat Rojdestvo yoki Pasxa bayramlarini nishonlash uchun borardim. Bunga qaramasdan Iso haqida o‘ylamasdim. Hozir Rojdestvoni nishonlamayman, lekin haftasiga ikki marta Yahova Shohidlarining jamoat uchrashuvlariga boraman va Muqaddas Kitobda Iso haqida nima deyilganini boshqalar bilan bo‘lishaman». (YEVA, AVSTRALIYA)

RUBEN

Berishning baxtiyorligi. «Menga kutilmaganda sovg‘a berishsa, judayam xursand bo‘laman! Yana menga otkritkalar yasash va rasmlarni bo‘yab boshqalarga berish yoqadi. Chunki bu boshqalarni quvontiradi. Buni ko‘rib o‘zim ham xursand bo‘lib ketaman». (RUBEN, SHIMOLIY IRLANDIYA)

EMILI

Muhtojlarga yordam berish. «Kasal bo‘lganlarga taom tayyorlashdan zavq olamiz. Ba’zida ko‘nglini ko‘tarish uchun ularga gul, pishiriq yoki kichik bir sovg‘a olib boramiz. Yordam berish bizga rosa yoqadi, chunki buni xohlagan paytda qila olamiz». (EMILI, AVSTRALIYA)

VENDI

Oilaviy o‘tirishlar. «Oilamiz yig‘ilganida, farzandlarimiz tog‘alari, ammalari, xolalari, bobo-buvilari va boshqa qarindosh opa-uka aka-singillari bilan birgalikda maza qilib vaqt o‘tkazishadi. Bayramlarni nishonlamaymiz, shuning uchun yilning har qanday paytida oilamiz bilan yig‘ilamiz. Qarindoshlarimiz ularni yaxshi ko‘rganimiz uchun ularnikiga borishimizni bilishadi». (VENDI, KAYMAN OROLLARI)

SANDRA

Tinchlik. «Rojdestvo paytida ko‘pchilik qilinadigan juda ko‘p ishlar bor deb tinchlik haqida o‘ylamaydi. Muqaddas Kitobda Xudo odamlarga qanday kelajakni va’da qilayotganini bilib xavotirlanmay qo‘ydim. Farzandlarimni porloq kelajak kutayotganiga ishonchim komil». (SANDRA, ISPANIYA)