Asosiy materiallarga o‘tish

Azoblarning oxiri bormi?

Azoblarning oxiri bormi?

Siz shunday aytishingiz mumkin:

  • ha

  • yo‘q

  • balki

MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGAN?

«Xudo ularning ko‘zidagi har qanday yoshni artib oladi. O‘lim, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydi». (Vahiy 21:3, 4, «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»)

BU SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI?

Xudo muammolarimizda aybdor emasligiga aminlik. (Yoqub 1:13)

Azob-uqubatlarga duch kelganimizda Xudo bizni tushunayotganidan tasalli topish. (Zakariyo 2:8)

Barcha azob-uqubatlar tugashiga umid qilish. (Zabur 37:9–11)

MUQADDAS KITOBDA YOZILGAN NARSALARGA ISHONISHIMIZ MUMKINMI?

Albatta, buning kamida ikkita sababi bor:

  • Xudovand azob-uqubatlar va adolatsizlikdan nafratlanadi. Qadimda Xudoning xalqiga shafqatsiz munosabatda bo‘lishganda, Tangri Yahova bunga befarq qolmagan. Muqaddas Kitobda aytilishicha, xalqi «zulmkorlar va shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar dastidan» azob chekkanida Xudoning ularga rahmi kelgan. (Hakamlar 2:18)

    Boshqalarga yomonlik qilganlarni Xudo hukm qiladi. Masalan, Muqaddas Kitobda yozilishicha, U «begunoh qon to‘kuvchi qo‘ldan» nafratlanadi. (Hikmatlar 6:16, 17)

  • Xudo shaxsan bizga g‘amxo‘rlik qiladi. Insonning «dardi va azobini» nafaqat uning o‘zi, balki Yahova ham biladi! (2 Solnomalar 6:29, 30)

    Shohligi orqali Tangri Yahova har bir kishining azob-uqubatlariga chek qo‘yadi. (Matto 6:9, 10) Ungacha esa Uni astoydil izlaganlarga U mehr ila tasalli beradi. (Havoriylar 17:27; 2 Korinfliklarga 1:3, 4)

BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING

Nega Alloh azob-uqubatlarga yo‘l qo‘yyapti?

Bu savolning javobini Muqaddas Kitobning RIMLIKLARGA 5:12 va 2 BUTRUS 3:9-oyatlaridan topasiz.