Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

«Men ismingni ularga ma’lum qildim»

«Men ismingni ularga ma’lum qildim»

«Men ismingni ularga ma’lum qildim»

«Dunyodan tanlab olib, menga bergan odamlaringga ismingni oshkor etdim. […] Men ismingni ularga ma’lum qildim va yana ma’lum qilaman». (YUHANNO 17:6, 26)

Bu nimani anglatadi? Iso xizmatda Xudoning ismini qo‘llab, boshqalarga uni ma’lum qilardi. U Muqaddas Kitobdan tez-tez foydalanardi va Xudoning ismini ovoz chiqarib o‘qib berardi. (Luqo 4:16–21) U o‘zining izdoshlarini shunday deb ibodat qilishga o‘rgatardi: «Ey Otamiz, isming muqaddas bo‘lsin». (Luqo 11:2)

Birinchi asrdagi masihiylar qanday yo‘l tutishgan? Havoriy Butrus Quddusdagi oqsoqollarga Tangri O‘z ismi bilan ataladigan xalqni o‘zga xalq vakillaridan ham tanlayotgani haqida aytgan edi. (Havoriylar 15:14) Havoriylar hamda boshqa masihiylar «Yahovaning ismini aytib chaqirgan har bir odam qutqariladi» deya va’z qilishgan. (Havoriylar 2:21; Rimliklarga 10:13) Shuningdek, ular o‘z maktublarida Xudoning ismini qo‘llashgan. Taxminan milodiy III asrning oxirida yozilgan og‘zaki qonunlar to‘plami Toseftada masihiylarning Shabbat kuni yondirilgan qo‘lyozmalari borasida shunday deyilgan: «Ular Injil va minimlarning (ehtimol, yahudiy masihiylar) kitoblarini olovdan himoyalashmagan. Aksincha, bu kitoblar ularda yozilgan Xudoning ismi bilan birga yonib ketishiga yo‘l qo‘yishgan».

Bugungi kunda bu namunaga kim mos kelyapti? Xristian olami Xudoning shaxsiy ismini qo‘llashga qarshi va, misol uchun, AQSH dagi xristian cherkovi milliy kengashi tomonidan ma’qullangan bir Muqaddas Kitob tarjimasining kirish so‘zlarida shunday deyilgan: «Yahudiy dinida hali Masih tug‘ilishidan oldin Xudoning shaxsiy ismini allaqachon qo‘llamay qo‘yishgan va xristian olamida ham bu ismni qo‘llash noma’qul bo‘ladi». («Revised Standard Version of the Bible») Chunki Xudoning shaxsiy ismini qo‘llash orqali Uni boshqa xudolardan ajratgandek bo‘lamiz. Shunday qilib, Xudoning shaxsiy ismi «Rab» unvoniga almashtirildi. Yaqinda Vatikanda diniy xizmatchilarga shunday ko‘rsatma berilgan edi: «Ibodat va qo‘shiqlarda YHVH a shaklidagi Xudoning ismi umuman qo‘llanmasin va hatto tilga olinmasin».

Bugungi kunda kim Xudoning shaxsiy ismidan foydalanib, uni boshqalarga tanitmoqda? Qirg‘izistonlik Sergey o‘smirlik paytida bir film tomosha qilgandi va unda Xudoning ismi Yahova qo‘llanilgandi. U deyarli o‘n yil mobaynida Xudoning ismi bilan umuman to‘qnashmadi. Keyin Sergey Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tdi va u yerda ikki nafar Yahovaning Shohidi uning uyiga kelib, Muqaddas Kitobdan Xudoning ismini ko‘rsatdi. Yahovaning Shohidlari Xudoning ismini qo‘llashini eshitib, u judayam xursand bo‘ldi. Bir lug‘atda «Tangri Yahova» iborasiga shunday ta’rif berilgan: «Bu Yahovaning Shohidlari tomonidan tan olingan va ular topinadigan yagona ilohiy Shaxs». («Webster’s Third New International Dictionary»)

[Izoh]

a O‘zbek tilida Xudoning ismi odatda «Yahova» deb transliteratsiya qilinadi.