Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

5. Yerning xarob qilinishi

5. Yerning xarob qilinishi

5. Yerning xarob qilinishi

«Yerni xarob etuvchilarni xarob qilish uchun [Xudo tomonidan] belgilangan vaqt keldi» (VAHIY 11:18)

● Nigeriyaning Kpor qishlog‘ida yashovchi Pirri ismli kishi palma vinosini tayyorlash bilan shug‘ullanardi. Biroq Niger daryosi deltasiga ko‘p miqdorda neft quyilishi natijasida biznesi kasodga uchradi. «Neft terimizga zarar keltirdi, baliqlarni o‘ldirdi va daryolarimizni iflosladi. Endi qanday tirikchilik qilamiz?» — deydi u.

FAKTLAR NIMANI KO‘RSATYAPTI? Ayrim mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, har yili dunyo okeanlariga 6,5 million tonna chiqindi tushadi. Bu chiqindilarning 50 foizini plastik tashkil etadi. Uning yo‘q bo‘lib ketishi uchun yuzlab yillar kerak. Insoniyat yer yuzini ifloslantirish bilan bir qatorda, tabiiy boyliklarni juda tez tugatib boryapti. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, odamlar bir yil davomida ishlatgan resurslarni tiklay olishi uchun yerga bir yilu besh oy vaqt talab etilar ekan. «Agar sayyoramiz aholisi va iste’mol sur’ati shu zaylda davom etaversa, 2035-yilga kelib bizga ikkita Yer kerak bo‘ladi»,— deb xabar beradi Avstraliyadagi bir gazeta. («Sydney Morning Herald»)

KENG TARQALGAN E’TIROZ. Odamlar aqlli. Muammolarning yaxshi yechimlarini topib, sayyoramizni qutqarib qolamiz.

CHINDAN HAM SHUNDAYMI? Ko‘p odamlar va tashkilotlar jamoatchilik e’tiborini atrof-muhit ifloslanishi muammosiga qaratishga intilishyapti. Shunga qaramay, sayyoramiz keng miqyosda xarob bo‘lib boryapti.

SIZ QANDAY FIKRDASIZ? Va’da qilganidek, Xudo vaziyatga aralashib sayyoramizni xarob bo‘lishdan asrab qolishiga odamlar muhtojmi?

Ko‘rib chiqilgan beshta bashoratga qo‘shimcha ravishda, Muqaddas Kitobda ijobiy voqealar yuz berishi ham bashorat qilingan. Keling, oltinchi bashorat bilan tanishaylik.

[8- sahifadagi matn parchasi]

«Nazarimda men yashagan jannatmakon go‘sha zaharli chiqindixonaga aylanib boryapti». (2010-yilI AQSHNING MEKSIKA QO‘LTIG‘IDA NEFT QUYILISHI HAQIDAGI, SOHIL BO‘YIDA YASHOVCHI ERIN TAMBER ISMLI AYOLNING SO‘ZLARI)

[8- sahifadagi ramka]

Bunga Xudo javobgarmi?

Bugun biz guvoh bo‘layotgan og‘ir ahvol haqida Muqaddas Kitobda bashorat qilingan ekan, demak bunga Xudo javobgar, desa bo‘ladimi? Bizni U shu ko‘yga solganmi? Bu savollarga qoniqarli javoblarni Yahovaning Shohidlari tomonidan nashr etilgan «Muqaddas Kitob haqiqatlari» kitobining 11- bobidan topishingiz mumkin.

[8- sahifadagi rasm manbai]

U.S. Coast Guard photo