Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Nega savollarga javob topish muhim?

Nega savollarga javob topish muhim?

Nima uchun Yaratuvchi bor-yo‘qligini aniqlash muhim? Chunki qodir Alloh mavjud ekaniga amin bo‘lsangiz, balki, Muqaddas Kitobda Uning so‘zlari yozilganini tasdiqlaydigan dalillarni o‘rganib chiqishni istarsiz. Ushbu kitobda yozilganlar haqiqat ekaniga ishonch hosil qilish sizga quyidagi sohalarda foyda keltiradi:

Hayotingiz yanada mazmunli bo‘ladi

MUQADDAS KITOBDA SHUNDAY DEYILGAN: «Alloh sizlarga osmondan yomg‘ir yog‘dirib, serhosil mavsumlarni taqdim etgan. Shuningdek, oziq-ovqatni mo‘l-ko‘l berib, qalblaringizni quvonchga to‘ldirgan». (Havoriylar 14:17)

BU NIMANI ANGLATADI? Tabiatdagi sizga zavq keltiradigan har bir narsa Yaratuvchidan hadyadir. U sizga qanchalik g‘amxo‘rlik qilishini bilsangiz, bu hadyalar uchun minnatdorchiligingiz yanada oshadi.

Kundalik hayot uchun ishonchli maslahatlarni topasiz

MUQADDAS KITOBDA SHUNDAY DEYILGAN: «To‘g‘rilik, adolat va haqqoniyat nimaligini tushunasan. Yaxshilik yo‘llarini anglab yetasan». (Hikmatlar 2:9)

BU NIMANI ANGLATADI? Xudo sizni yaratgan ekan, U baxtli bo‘lishingiz uchun sizga nima kerakligini yaxshi biladi. Agar Uning Kalomini o‘qisangiz, sizga foydali bo‘ladigan maslahatlarni topishingiz mumkin.

Savollaringizga javob olasiz

MUQADDAS KITOBDA SHUNDAY DEYILGAN: «Xudo haqida bilimga ega bo‘lasan». (Hikmatlar 2:5)

BU NIMANI ANGLATADI? Yaratuvchi mavjud ekaniga amin bo‘lish quyidagi muhim savollarga javob topishingizga yordam beradi: Hayotning mazmuni nimada? Nega azob-uqubatlar shunchalik ko‘p? Odam o‘lganidan keyin u bilan nima bo‘ladi? Bu va boshqa savollarga Muqaddas Kitobdan sizni qoniqtiradigan javoblar olishingiz mumkin.

Kelajakka umid bilan qaraysiz

MUQADDAS KITOBDA SHUNDAY DEYILGAN: «Sizlar haqingizda qilgan niyatlarimni O‘zim yaxshi bilaman,— demoqda Yahova *. — Musibat emas, tinchlik keltirish niyatidaman, sizlarga porloq kelajak va umid baxsh etaman». (Yeremiyo 29:11)

BU NIMANI ANGLATADI? Xudo kelajakda yovuzlik, azob-uqubat va hatto o‘limni yo‘q qilishni va’da beryapti. Uning va’dalariga ishonsangiz, umidga ega bo‘lasiz. Umid esa har kungi muammolarni yengishingizga kuch beradi.

^ Muqaddas Kitobga ko‘ra, Xudoning ismi Yahova.