Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Moliyaviy barqarorlik

Moliyaviy barqarorlik

Aksariyat odamlar Muqaddas Kitobdagi prinsiplarni amalda qo‘llab, pulga oid muammolarini kamaytirishdi.

PUXTA REJA TUZING

MUQADDAS KITOBDAGI PRINSIP: «Tirishqoqning rejalari muvaffaqiyat keltiradi, shoshqaloqlar esa kambag‘allikka yuz tutadi». (Hikmatlar 21:5)

BU NIMANI ANGLATADI? Rejaga qattiq rioya qilish — muvaffaqiyat garovi. Shuning uchun, pulni sarflashdan oldin reja tuzing. Yodda tutingki, xohlagan hamma narsangizni sotib ololmaysiz. Shunday ekan, puldan oqilona foydalaning.

NIMA QILISHINGIZ MUMKIN?

  • Byudjetga amal qiling. Barcha harajatlarni yozib, ularni kategoriyalarga bo‘lib chiqing. So‘ng har bir kategoriyaga qancha pul sarflashingizni hal qiling. Agar muayyan kategoriyaga rejadan ko‘proq pul sarflasangiz, boshqasi hisobidan farqni qoplang. Misol uchun, avtomobil yoqilg‘isiga rejadan ko‘proq pulingiz ketsa, ehtimol, uncha muhim bo‘lmagan kiyim-kechak uchun ajratilgan puldan ishlatarsiz.

  • Qarz olmaslikka intiling. Imkon qadar qarz olishdan qoching. Avval pul to‘plab, so‘ng zarur narsalarni sotib oling. Qarz olishga majbur bo‘lsangiz, qarzga botib ketmaslik uchun uni iloji boricha tezroq uzishga harakat qiling. Agar qarz olgan bo‘lsangiz, to‘lash uchun reja tuzing va unga qattiq amal qiling.

    Bordi-yu, kishi doim qarz olib tursa, ko‘p pul sarflashga moyil bo‘ladi. Shunday ekan, qarz olishdan avval obdan o‘ylab ko‘ring.

ZARARLI ODATLARDAN QOCHING

MUQADDAS KITOBDAGI PRINSIP: «Yalqov qishda yer haydamaydi-da, o‘rim-yig‘im paytida hech narsa topmay tilanchilik qiladi». (Hikmatlar 20:4)

BU NIMANI ANGLATADI? Dangasalik kambag‘allikka olib keladi. Shu sababli mehnatkash bo‘ling. Puldan oqilona foydalanishni o‘rgansangiz, ertaga muhim ehtiyojlar paydo bo‘lganida, bu sizga asqatadi.

NIMA QILISHINGIZ MUMKIN?

  • Mehnatsevar bo‘ling. Daromad manbaidan ayrilmaslik uchun mehnatkash bo‘lib, ishingizga mas’uliyat bilan yondashing. Ish beruvchilar ham tirishqoq ishchilarni qadrlaydi.

  • Halol bo‘ling. Ish beruvchining haqini o‘g‘irlamang. G‘irromlik obro‘yingizga putur yetkazib, kelajakda ish topishingizga to‘sqinlik qiladi.

  • Ochko‘zlikdan qoching. Pulga nisbatan muvozanatli nuqtai nazarda bo‘lmasangiz, bora-bora sog‘ligingizga va boshqalar bilan munosabatlaringizga zarar yetkazasiz. Shuni yodda tutingki, hayotda puldan ham muhimroq narsalar bor.

MUQADDAS KITOBDAGI BOSHQA PRINSIPLAR

Muqaddas Kitobni jw.org saytida yuzlab tillarda onlayn o‘qishingiz mumkin

YOMON ODATLARGA VAQT VA MABLAG‘ SARFLAMANG.

«Ichkilikboz va ochofat qashshoqlikka uchraydi, uyquchilik juldur kiyim kiydiradi». (HIKMATLAR 23:21)

PUL HAQIDA HADDAN TASHQARI TASHVISHLANMANG.

«Nima yeymiz va nima ichamiz, deb joningiz uchun yoki nima kiyamiz deb tanangiz uchun tashvishlanmanglar». (MATTO 6:25)

HASADGO‘YLIKDAN QOCHING.

«Hasadgo‘y qashshoqlikka yo‘liqishini bilmay, boylikning ketidan quvadi». (HIKMATLAR 28:22)