Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Elektron qurilmalarning ta’siri. Fikrlashga

Elektron qurilmalarning ta’siri. Fikrlashga

Odamlar maktabda, ishda va boshqa joylarda doim nimanidir o‘rganishadi. Elektron qurilmalar esa bunda yordam bera oladi. Hozir uydan chiqmay turib va hatto o‘tirgan joyda osongina juda ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Tarix davomida bunaqasi hali bo‘lmagan.

Biroq elektron qurilmalardan juda ko‘p foydalanadigan odamlarning aksariyati...

  • o‘qiyotganda fikrlarini jamlashga qiynaladi.

  • diqqatini bir ishga qaratishga qiynaladi.

  • xoli qolganda tezda zerikadi.

NIMANI BILISHINGIZ KERAK?

O‘QISH

Ba’zilar sabr bilan to‘liq kitobni o‘qishning o‘rniga, asosiy fikrni topish uchun uni tezda ko‘zdan kechirishadi.

Savolga tezda javob topishni istasangiz, matnga ko‘z yugurtirib chiqish foydalidir. Ammo bu usul mavzuni chuqurroq tushunishingizga to‘sqinlik qilishi mumkin.

BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING. Uzun matnlarni o‘qishga qiynalmaysizmi? Qay yo‘sin diqqat bilan o‘qish bilim olish jarayonida sizga yordam bera oladi? (HIKMATLAR 18:15)

DIQQATNI JAMLASH

Ayrimlarning fikricha, elektron qurilmalar ularga birdaniga ikkita ishni bajarish, masalan, ham do‘stlar bilan yozishish, ham tadqiq qilish imkonini beradi. Biroq diqqati bo‘lingani sababli ular ishlarning birortasini ham yaxshi bajara olishmaydi.

Diqqatni bir joyga jamlash shaxsiy intizomni talab etsa-da, bunga intilish arziydi. Greys ismli o‘smir qiz shunday dedi: «E’tiborimni bir narsaga qaratib, chalg‘imaslik yaxshiroq ekanini tushundim. Chunki bu xatolar va stressni kamaytirishga yordam beradi».

BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING. Birdaniga bir nechta ishni bajarish diqqatingizni jamlashga va tadqiq qilgan mavzuyingizni eslab qolishga xalaqit beradimi? (HIKMATLAR 17:24)

XOLI QOLISH

Ba’zi odamlar xoli qolishni yoqtirishmaydi, shunga chalg‘ish uchun elektron qurilmalardan foydalanishadi. Oliviya ismli bir ayol shunday bo‘lishdi: «Agar 15 daqiqa telefonni yo planshetni tekshirmasam yoki televizor tomosha qilmasam, zerikib ketaman».

Ammo xoli qolishning ham yaxshi taraflari bor. Chunki shunday paytda inson chuqur mulohaza yurita oladi. Bu ham yoshlarga, ham kattalarga nimanidir o‘rganishda asqatadi.

BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING. Xoli qolganingizda vaqtdan mulohaza yuritish uchun foydalanasizmi? (1 TIMO‘TIYGA 4:15)

NIMA QILISHINGIZ MUMKIN?

O‘ZINGIZNI TEKSHIRING

Elektron qurilmalardan fikrlash qobiliyatingizni yaxshilash uchun qay yo‘sin foydalana olasiz? Qanday qilib elektron qurilmalar diqqatingizni jamlashga va yangi narsalarni o‘rganishingizga to‘sqinlik qilishi mumkin?

MUQADDAS KITOBDAGI PRINSIP: «Donolig-u tafakkurdan ayrilma». (HIKMATLAR 3:21)