Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

2 Azob-uqubatlarda o‘zimiz aybdormizmi?

2 Azob-uqubatlarda o‘zimiz aybdormizmi?

Nega buni bilish muhim?

Agar savolning javobi «ha» bo‘lsa, unda azob-uqubatlarni kamaytirish qo‘limizdan keladi.

Bu haqda o‘ylab ko‘ring

Insoniyat azob-uqubatlarning quyidagi sabablari uchun qanchalik javobgar?

  • Zo‘ravonlik.

    Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) xabariga ko‘ra, balog‘atga yetgan kishilarning har to‘rttadan bittasi bolalikning ma’lum bir davrida jismoniy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan va ayollarning har uchtadan bittasi hayoti davomida jismoniy yoki jinsiy tajovuzga (yoki ikkoviga ham) uchrab turadi.

  • Yo‘qotishlar.

    JSST tomonidan chop etilgan «Butunjahon salomatlik statistikasi — 2018-yil» nomli nashrda «hisobotlarga ko‘ra, 2016-yili dunyo bo‘ylab 477 000 kishi o‘ldirilgani» yozilgan. Bundan tashqari, o‘sha yili urushlar va to‘qnashuvlarda 180 000 kishi halok bo‘lgan.

  • Sog‘liq muammolari.

    Bir jurnaldagi maqolada yozuvchi Frans Smitning ta’kidlashicha, «bir milliarddan ziyod inson chekadi va tamaki o‘limga sabab bo‘ladigan asosiy beshta kasallikni keltirib chiqaradi: yurak illati, insult, nafas yo‘llari infeksiyalari, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va o‘pka saratoni». («National Geographis»)

  • Ijtimoiy tengsizlik.

    «Kambag‘allik, nisbiy tengsizlik, irqchilik qurboni bo‘lish, jinsiy diskriminasiya, badarg‘a qilinish va raqobatchilik — bularning hammasi ruhiy azob-uqubatlarga duch kelish ehtimolini oshiradi»,— deb bo‘lishdi psixolog Jey Vots.

    KO‘PROQ BILIB OLING

    jw.org saytidagi «Alloh nega yerni yaratgan?» nomli videoni tomosha qiling.

Muqaddas Kitobda nima deyilgan?

Bugungi azob-uqubatlarning ko‘piga insonlarning o‘zi sababchi.

Odatda azob-uqubatlarga insonlarning hayotini qiyinlashtirgan hukumatlar sababchi.

«Insonning inson ustidan hukmronlik qilayotgani faqat ziyon keltiradi». (VOIZ 8:9)

Azob-uqubatlarni kamaytirsa bo‘ladi.

Muqaddas Kitob prinsiplari sog‘liqni yaxshilashga va boshqalar bilan tinch-totuv yashashga hissa qo‘shadi.

«Xotirjam yurak tanaga hayot baxsh etadi, hasadgo‘ylik esa suyaklarni chiritadi». (HIKMATLAR 14:30)

«Har qanday adovat, qahr-u g‘azab, baqiriq va haqoratli so‘zlarni har qanday yaramaslik bilan birga o‘zingizdan soqit qilinglar». (EFESLIKLARGA 4:31)