Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Oleh_Slobodeniuk/E+ via Getty Images

Xudo sayyoramiz omon qolishini va’da beryapti

Xudo sayyoramiz omon qolishini va’da beryapti

«Yer biz o‘ylaganimizdan ham mustahkam».

Tadqiqotchilarning xalqaro guruhi iqlim o‘zgarishini o‘rganib, yuqoridagi xulosaga kelgan. Agar siz insoniyatga g‘amxo‘rlik qiladigan Yaratuvchiga ishonsangiz, olimlarning bu xulosasi sizga sayyoramiz o‘z-o‘zini tiklashi uchun Xudo yaratgan ko‘plab tabiiy jarayonlarni eslatgandir.

Shunday bo‘lsa-da, inson yerga qattiq zarar yetkazgani uchun u o‘z-o‘zini tiklay olmaydi. Xudo buning chorasini ko‘rishiga nega amin bo‘lishimiz mumkin?

Yer omon qolishiga va hatto gullab-yashnashiga ishontiruvchi oyatlarga diqqat qarating.

  • Xudo sayyoramizni yaratgan. «Boshida Alloh osmon bilan yerni yaratdi». (Ibtido 1:1)

  • Xudosayyoramizning Sohibidir. «Yer yuzi hamda undagi bor narsa Yahovaga a tegishlidir». (Zabur 24:1)

  • Xudo sayyoramizni omon qolish uchun yaratgan. «Yerni poydevor ustida qurgansan, u hech qachon, aslo tebranmaydi». (Zabur 104:5)

  • Xudo sayyoramizda hayot doim gullab-yashnashini va’da beryapti. «Haq Tangri Yerni bekorga emas, insonlar yashashi uchun barpo etgan». (Ishayo 45:18)

  • Xudo sayyoramizda odamlar abadiy yashashini va’da beryapti. «Odil kishilar yer yuziga egalik qiladi, ular yerda abadiy yashaydi». (Zabur 37:29)

Xudo yerni odamlar unga ziyon keltirmay unda zavq olib yashashi uchun yaratgan. Ular esa xudbinligi tufayli sayyoramizga ziyon yetkazyapti. Muqaddas Kitobda bashorat qilinishicha, Tangri Yahova O‘zi belgilagan vaqtda bunga chek qo‘yadi. (Vahiy 11:18)

Keyin, Muqaddas Kitobda va’da qilinganidek, Xudo sayyoramizni chiroyli jannatga aylantiradi va qo‘lini ochib, «har bir tirik jonning istagini» qondiradi. (Zabur 145:16)

a Yahova — Xudoning ismidir. (Zabur 83:18)