Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Buning bari tabassum tufayli!

Buning bari tabassum tufayli!

IKKITA yosh qiz Bagio shahrida (Filippin) aylanib yurgan edi. Ular adabiyot tashiydigan aravani ko‘rib qolishgan, lekin uning yonida turgan Xelen ismli imondoshimizga murojaat qilishmagan. Xelen qizlarga samimiyat ila kulib qarab turgan edi. Ular to‘xtashmagan, ammo Xelenning iliq tabassumi ularning yodida qolib ketgan.

Keyinchalik o‘sha qizlar avtobusda uyga qaytayotganda, Yig‘ilish zalidagi jw.org belgisini ko‘rib qolishgan. Ular xuddi o‘sha harflar boyagi adabiyot tashiydigan aravada ham yozilganini eslashgan. Qizlar avtobusdan tushib, zalga borishgan va u yerda o‘tadigan turli jamoatlarning jadvalini ko‘rishgan.

O‘sha qizlar yig‘ilishlarning biriga borishgan. Xo‘sh, ular Yig‘ilish zalida kimni uchratishgan? Xelenni! Qizlar shu zahotiyoq ularga iliq tabassum ila boqqan chehrani tanib qolishgan. Xelen shunday deb bo‘lishdi: «Ular menga qarab kelayotganda, bir oz xavotirlandim. Chunki noto‘g‘ri ish qilib qo‘ydimmikin, deb o‘yladim». Biroq qizlar Xelenga nima yuz berganini aytib berishgan.

Ularga yig‘ilish va imondoshlarimiz bilan suhbatlashish juda yoqqan, ular o‘zini begonaday his etishmagan. Jamoat uchrashuvidan keyin ular ba’zilar zalni tozalayotganini ko‘rib, yordamini taklif qilishgan. Qizlarning biri Filippindan ko‘chib ketgan, ikkinchisi esa yig‘ilishlarga doim qatnab, Muqaddas Kitobni tadqiq qila boshlagan. Buning bari tabassum tufayli!