Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Porloq kelajakka erishishga nima yordam bera oladi?

Porloq kelajakka erishishga nima yordam bera oladi?

O‘tgan maqolalarda muhokama qilinganiday, odamlar porloq kelajakka erishish uchun turli usullardan foydalanishadi. Masalan, kimdir taqdirga ishonadi, oliy ma’lumotli bo‘ladi, boylikka erishadi yoki yaxshi inson bo‘lishga harakat qiladi. Ammo bularning bari manzilga yetib borish uchun noto‘g‘ri xaritadan foydalanish kabidir. Bu porloq kelajakka umuman erisha olmaymiz deganimi? Yo‘q.

YO‘L-YO‘RIQLARNING OLIY MANBAI

Odatda qarorlar chiqarayotib bizdan yoshi ulug‘roq va donoroq insondan maslahat so‘raymiz. Shu singari porloq kelajakka erishish uchun yo‘l-yo‘riqlarni bizdan yoshi ancha ulug‘roq va donoroq Shaxsdan bilib olishimiz mumkin. Uning maslahatlarini yozilishi bundan 3500-yil avval boshlangan Muqaddas Yozuvlar to‘plamidan o‘qishimiz mumkin. Bu to‘plam «Muqaddas Kitob» deb nomlanadi.

Nega Muqaddas Kitobga ishonsak bo‘ladi? Chunki uning Muallifi koinotdagi eng dono Shaxsdir. Muqaddas Yozuvlarda U «Azaliy Nuroniy» deb atalgan va «azaldan, toabad» mavjud ekani haqida yozilgan. (Doniyor 7:9; Zabur 90:2) U «samolarning Yaratuvchisi, yerga shakl bergan» Tangridir. (Ishayo 45:18) Muqaddas Kitobda Uning ismi Yahova ekani yozilgan. (Zabur 83:18)

Muqaddas Yozuvlar butun insoniyatni yaratgan Alloh tomonidan berilgan ekan, u barcha millat va irqdagi odamlarga atalgan. Undagi maslahatlar amaliy va butun dunyodagi odamlarga foyda keltiryapti. Bu — dunyodagi eng ko‘p tarjima qilingan va keng tarqalgan kitobdir *. Demak, inson qayerda yashamasin, uni osongina tushunishi va undan yo‘l-yo‘riq topishi mumkin. Buni Muqaddas Kitobda yozilgan quyidagi so‘zlar tasdiqlaydi:

«Xudo yuzxotirchilik qilmas ekan. Ammo Undan qo‘rqib, to‘g‘ri yo‘l tutgan har bir kishini U millatiga qaramay qabul qilarkan». (HAVORIYLAR 10:34, 35)

G‘amxo‘r ota-ona farzandiga yo‘l-yo‘riq bergani kabi, mehribon Xudoyimiz Yahova ham bizga Kalomi bo‘lmish Muqaddas Kitob orqali O‘z yordamini taqdim etyapti. (2 Timo‘tiyga 3:16) Yahova Yaratuvchimiz bo‘lgani va bizni nima baxtli qilishini yaxshi bilgani uchun Uning Kalomiga ishonishimiz mumkin.

Bunday kelajakka erishish uchun nima qilishingiz kerak? Bu haqda keyingi maqolada gap boradi.

^ 6- x.b. Muqaddas Kitob tarjimasi va tarqatilishi haqidagi tafsilotlarni bilib olish uchun www.jw.org saytiga kiring va MUQADDAS KITOB TA’LIMOTLARI > TARIX VA MUQADDAS KITOB sarlavhasi ostiga qarang.

^ 16- x.b. Ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Yahovaning Shohidlari tomonidan chiqarilgan «Amalga oshgan bashoratlar. Doniyor 11- bob» nomli videoni tomosha qiling. Uni www.jw.org saytiga kirib, KUTUBXONA > VIDEOLAR > MUQADDAS KITOB > MUQADDAS KITOBDA BAYON ETILGAN VOQEALAR sarlavhasi ostida topishingiz mumkin.