Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yangi dunyoga muhtojmiz!

Yangi dunyoga muhtojmiz!

«Biz muammolarga to‘la dunyoda yashayapmiz»,— dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish. Siz ham bunga qo‘shilarsiz.

Yangiliklar shunday qayg‘uli xabarlarga to‘lib ketgan:

  • kasalliklar va pandemiyalar

  • tabiiy ofatlar

  • qashshoqlik va ocharchilik

  • global ifloslanish va isish

  • jinoyat, zo‘ravonlik va korrupsiya

  • urushlar

Chindan ham yangi dunyoga muhtojmiz. U yerda quyidagilar bo‘ladi:

  • mukammal sog‘liq

  • xavfsizlik

  • mo‘l-ko‘l oziq-ovqat

  • toza atrof-muhit

  • adolat

  • umumjahon tinchlik

Lekin yangi dunyo deganda nimani nazarda tutamiz?

Biz hozir yashayotgan dunyo bilan nima sodir bo‘ladi?

Yangi dunyoda yashash uchun nima qilishimiz kerak?

«Qo‘riqchi minorasi» jurnalining mazkur sonida bu va boshqa savollarga Muqaddas Kitobga asoslangan taskin beruvchi javob topasiz.