Asosiy materiallarga o‘tish

Huquqiy izohlar

Huquqiy izohlar

Mualliflik huquqi

© Watchtower Bible and Tract Society of New York, Inc. Hamma huquqlari saqlanadi.

Ushbu sayt Watchtower Bible and Tract Society of New York, Inc. (shuningdek, Nyu-Yorkdagi «Qo‘riqchi Minorasi Muqaddas Kitob va buklamalar Jamiyati») tomonidan yaratilgan bo‘lib qo‘llab-quvvatlanadi. Agar boshqa manbaga ishora qilinmagan bo‘lsa, demak saytdagi butun matn va boshqa ma’lumotlar Watchtower Bible and Tract Society of New York, Inc. jamiyatining intellektual mulkiga tegishli.

Savdo belgisi

Adobe, Adobe emblemasi, Acrobat va Acrobat emblemasi Adobe Systems Incorporated kompaniyasining savdo belgilari hisoblanadi. iTunes va iPod, Apple Inc. Kompaniyasining savdo belgilari hisoblanadi. Boshqa barcha savdo belgilari va qayd qilingan savdo belgilari haqli egalariga tegishli hisoblanadi.

«Foydalanish shartlari» va saytdan foydalanish huquqlari

Ushbu «Foydalanish shartlari», mazkur saytdan foydalanish qoidalarini o‘rnatadi. Bu saytdan foydalanib, siz «Foydalanish shartlari» bilan rozi ekaningizni ko‘rsatasiz. Mabodo ushbu «Foydalanish shartlari» yoki uning qaysidir qismi bilan norozi bo‘lsangiz, bu saytdan foydalanmang.

To‘g‘ri ishlatish deganda nima nazarda tutiladi? Agar quyida keltirilgan hamda mazkur «Foydalanish shartlari» matnida aytib o‘tilgan cheklovga rioya qilsangiz hamda saytdan shaxsiy manfaat ko‘zlash maqsadida foydalanmasangiz, mualliflik huquqlariga ega bo‘lgan rasmlar, elektron adabiyotlar, musiqa, suratlar, matn va videolarni (shuningdek, «Ma’lumotlar»ni) ko‘rib chiqishingiz, yuklab olishingiz va nashr etishingiz mumkin. Shunday qilib, quyidagilarni qilishingiz mumkin emas:

  • ushbu saytdagi «Ma’lumotlar»ni Internetda (turli saytlarda, fayl-almashuv tizimlarida yoki ijtimoiy tarmoqlarda) joylashtirish;

  • mazkur saytdagi «Ma’lumotlar»ni ilova bilan birga yoki ilovaning bir qismi sifatida nashr etish;

  • ushbu saytdagi ma’lumotlarini tijorat yoki pul ishlash maqsadida (hatto daromad keltirmasa ham) ishlab chiqarish, ko‘paytirish, nusxa ko‘chirish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish, shuningdek, saytdagi ma’lumotlarga asoslangan yoxud unga statik yoki dinamik ravishda ulangan kompyuter ilovalarini tarqatish;

  • dastlabki kod, dasturlar, sistematik va avtomatik tarzda saytdan yoki saytga tegishli ma’lumotlar yig‘ish usullarini, jumladan, atroflicha izlash, tanlab olish, yig‘ish va ma’lumotlarni itellektual tahlil qilish, yaratish va tarqatish maqsadida ushbu saytdan foydalanish;

  • noto‘g‘ri maqsadda mazkur saytdan yoki uning funksiyalaridan foydalanish, masalan, saytning faoliyatiga aralashish yoki odatda taqdim etiladigan usullardan tashqari qandaydir boshqa yo‘l bilan saytga yoki uning funksiyalariga kirish;

  • ushbu saytdan uning ishlash jarayoniga ziyon yetkazish yoki unga kirish uchun to‘sqinlik yaratish hamda qonunbuzarlik, huquqbuzarlik yoki qalloblik qilish maqsadida foydalanish;

  • ushbu saytdan marketing bilan foydalanish.

«Foydalanish shartlari»ni buzish

Mabodo, siz ushbu «Foydalanish shartlari»ni qaysidir yo‘l bilan buzsangiz (hatto «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati»ning «Foydalanish shartlari»da keltirilgan boshqa huquqlariga zarar yetkazmagan bo‘lsangiz), unda «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» quyidagi vaziyatni e’tiborga olgan holda muayyan choralar ko‘rishi mumkin: ushbu saytga kirishni man etish yoki to‘xtatish, ushbu saytga sizning a IP-adresingiz orqali kirayotgan barcha kompyuterlarning ish jarayonini to‘xtatish, internet-provayderingizdan mazkur saytga kirishingizni taqiqlab qo‘yishini so‘rash va/yoki sizga qarshi yuridik choralar ko‘rish kerak.

O‘zgarishlar kiritish

«Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» mazkur «Foydalanish shartlari»ni vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Qayta ko‘rib chiqilgan «Foydalanish shartlari» ushbu saytda chiqqan kunidan boshlab, mazkur saytning qo‘llanilishiga nisbatan ishlatiladi. Iltimos, kuchga kirgan versiya bilan tanishib chiqish uchun doim ushbu sahifani tekshirib turing.

Qonun va yurisdiksiya

Mazkur «Foydalanish shartlari» kollizion huquqni e’tiborga olmagan holda, Nyu-York shtatining (AQSH) qonunlariga muvofiq tarzda boshqariladi va sharhlab beriladi. «Foydalanish shartlari» bilan bog‘liq barcha sud da’volarini AQShning Nyu-York shtati yurisdiksiyasi ostidagi shtat sudiga yoki federal sudga topshirish kerak.

Bo‘linish

Agar sud ushbu «Foydalanish shartlari»dan birini, hech qanday yuridik kuchga ega emas yoki qonunsiz deb chiqarsa qolgan shartlar baribir kuchga ega bo‘ladi. «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» ushbu «Foydalanish shartlari»dan birining bajarilishini ta’minlamagan taqdirda ham, Jamiyat ushbu shartdan va uning bajarilishini talab qilish huquqidan voz kechganini anglatmaydi va bunday holat shunday tarzda talqin qilinmasligi kerak.

Batafsil shartnoma

«Foydalanish shartlari», bu saytni ishlatishingiz uchun siz va «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» o‘rtasida tuzilgan batafsil shartnoma bo‘lib, ushbu saytdan foydalanishingizga tegishli oldingi shartnomalarning o‘rnini bosadi.