Asosiy materiallarga o‘tish

Maxfiylik siyosati

Maxfiylik siyosati

Shaxsiy ma’lumotlar

Ushbu veb-saytga yuborilgan shaxsiy ma’lumotlar «Qo‘riqchi Minorasi Muqaddas Kitob va buklamalar Jamiyati» (Watchtower Bible and Tract Society of New York, Inc.) yoki foydalanuvchi bilan kelishilgan maqsadda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar tomonidan ishlatiladi. «Qo‘riqchi Minorasi Jamiyati» shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqalarga bermaydi. Quyidagi vaziyatlar bundan istisno bo‘lishi mumkin: agar foydalanuvchining so‘rovini amalga oshirish kerak bo‘lsa (batafsil tushuntirib berilgan taqdirda); agar bunday ma’lumotlarni taqdim etish, muayyan qonundagi talablarning bajarilishini ta’minlash uchun chindan ham kerak bo‘lsa; agar bunday ma’lumotlarni taqdim etish, qalloblik, texnik nosozliklarni aniqlash va oldini olish yoki xavfsizlikni ta’minlash uchun chindan ham kerak bo‘lsa.

Elektron manzili

Ushbu saytda hisob qaydnomani yaratganingizda yozgan elektron manzilingiz, siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi. Masalan, agar foydalanuvchining ismi (login) yoki parolingizni esdan chiqarsangiz, unda yordam xizmati parolingizni tiklash uchun hisob qaydnomangizda ko‘rsatilgan elektron manzilingiz orqali siz bilan ulanadi.

Cookies fayllari

Cookies fayllari, foydalanuvchi saytni ishlatayotganda tanlagan nastroykalarni saqlab qo‘yish uchun ishlatiladi. Masalan, foydalanuvchi saytga qaytayotganda tanlagan til avtomatik ravishda yoqiladi. Lekin bunday fayllarda hech qanday shaxsiy ma’lumotlar yozilmaydi va saqlab qolinmaydi.

JavaScript ssenariylari

Bu ssenariylar saytning ishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Bunday texnologiya yordamida sayt foydalanuvchilarining so‘rovi tez amalga oshiriladi. Sayt bu ssenariylardan foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotni ruxsatsiz yig‘ish yoki dasturlarni foydalanuvchining kompyuteriga joylashtirish maqsadida foydalanmaydi.

Saytning ba’zi qismlari to‘g‘ri ishlashi uchun brauzerning nastroykalarida JavaScript ssenariylarini yoqish kerak. Ko‘p veb-brauzerlar tomonidan ushbu funksiyani yoqish yoki o‘chirishga ruxsat beriladi. Tanlangan veb-saytlarda ssenariylarni yoqish borasida veb-brauzerlarga tegishli hujjatlarda o‘qisangiz bo‘ladi.

Agar maxfiylik siyosatiga o‘zgarishlar kiritilsa, ular ushbu sahifada taqdim etiladi. Shunday qilib siz, qanday ma’lumotlarni yig‘ayotganimiz va ularni qanday ishlatayotganimiz borasida hamisha xabardor bo‘lib turasiz.