Fisih bayramining masihiylar uchun ahamiyati
O‘ninchi ofatdan jabr ko‘rmaslik uchun Isroil xalqi Yahovaning yo‘l-yo‘riqlariga bo‘ysunishi o‘ta muhim edi. (Chq 12:28) 14 nison kechasi oilalar o‘z uyida yig‘ilib, bir yashar nuqsonsiz erkak qo‘zini yoki takani so‘yishlari hamda uning qonini eshikning tepa taxtasi va ikki yondoriga sachratishlari kerak edi. So‘ng uni butunligicha olovda pishirib, tezda yeyishlari lozim edi. Qolaversa, hech kim ertalabgacha uyidan tashqariga chiqmasligi zarur edi. (Chq 12:9–11, 22)
Bugungi kunda itoatkorlik bizni qanday himoya qilyapti?