Asosiy materiallarga o‘tish

«Oxirzamon» alomatlari

«Oxirzamon» alomatlari

Muqaddas Kitob asosida javob

Muqaddas Kitobda ushbu «zamon oxirlab borayotganini» ko‘rsatuvchi voqealar va sharoitlar haqida yozilgan. (Matto 24:3) Muqaddas Kitobda bu davr «oxirzamon» deb atalgan. (2 Timo‘tiyga 3:1; Doniyor 8:19) Quyidagi bashoratlardan oxirzamonga xos xususiyatlarning ba’zilarini bilib olsak bo‘ladi:

  • Keng miqyosdagi urushlar (Matto 24:7; Vahiy 6:4)

  • Ocharchilik (Matto 24:7; Vahiy 6:5, 6)

  • Kuchli zilzilalar (Luqo 21:11)

  • O‘latlar yoki epidemiyalar (Luqo 21:11)

  • Jinoyat ko‘payishi (Matto 24:12)

  • Odamlar yerni xarob qilishi (Vahiy 11:18)

  • Odamlar «noshukur, sadoqatsiz,.. murosasiz, tuhmatchi, o‘zini tuta bilmaydigan, shafqatsiz, yaxshilikdan nafratlanadigan, sotqin, o‘zboshimcha, mag‘rur» bo‘lib ketishi (2 Timo‘tiyga 3:1–4)

  • Insonlar «mehrsiz», bolalar esa «ota-onaga itoatsiz» bo‘lgani dastidan oilalar buzilishi (2 Timo‘tiyga 3:2, 3)

  • Aksariyat odamlarning Xudoga bo‘lgan sevgisi sovishi (Matto 24:12)

  • Dindagi ikkiyuzlamachilik ochiq namoyon bo‘lishi (2 Timo‘tiyga 3:5)

  • Muqaddas Kitobda yozilgan oxirzamonga oid hamda boshqa bashoratlarning tobora oydinlashib borishi (Doniyor 12:4)

  • Butun dunyo bo‘ylab Xudoning Shohligi haqidagi xushxabar va’z qilinishi (Matto 24:14)

  • Oxirzamon yakuniga yetayotgani aniq bo‘lsa-da, odamlar bunga befarq bo‘lishi hamda mazax qilishi (Matto 24:37–39; 2 Butrus 3:3, 4)

  • Bu bashoratlarning bir nechtasi yoki aksariyati emas, balki barchasi birdaniga amalga oshishi (Matto 24:33)

Hozir biz «oxirzamonda» yashayapmizmi?

Ha. Dunyodagi sharoitlar hamda Muqaddas Kitob xronologiyasidan ko‘rinib turibdiki, oxirzamon 1914-yilda boshlangan. Shu paytdan boshlab Xudoning Shohligi osmonda boshqarishni boshladi va u birinchi navbatda Shayton Iblisni va uning jinlarini osmondan yerga uloqtirdi. (Vahiy 12:7–12) Shaytonning insoniyatga ta’siri aksariyat odamlarning yomon munosabati va ishlaridan ko‘rib turibdi. Shuning uchun oxirzamon «nihoyatda og‘ir vaqtlar» deb atalgan. (2 Timo‘tiyga 3:1)