YOSHLARNING SAVOLLARI
Nega ommaviy axborot vositalarining qolipini rad etish kerak? 2-qism. O‘g‘il bolalar uchun
Ommaviy axborot vositalarining qolipi nima degani?
Quyidagi so‘zlarga diqqat qarating, keyin pastda keltirilgan savollarga javob bering:
1-qator |
2-qator |
|---|---|
Isyonkor |
Odob-axloqli |
Xudbin |
Sadoqatli |
Berahm |
Hamdard |
Erinchoq |
Tirishqoq |
O‘ylamay ish qiladigan |
Mas’uliyatli |
Ayyor |
Rostgo‘y |
Kino, televideniye yoki jurnallarda ko‘rsatiladigan o‘smir yigitlarni ta’riflash uchun qaysi so‘zlar mos keladi.
Sizni qaysi so‘zlar bilan ta’riflashlarini xohlardingiz?
Ehtimol, birinchi savolga javob berish uchun 1-qatordagi, ikkinchi savolga javob berish uchun esa 2-qatordagi so‘zlarni tanladingiz. Agar shunday bo‘lsa, bu yaxshi. Nega deganda, ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatiladigan erkaklar sizning chinakam shaxsiyatingizni aks ettirmaydi. Siz ommaviy axborot vositalaridagi (OAV) qoliplarga taqlid qilmasligingiz kerak. Keling, sababini ko‘rib chiqamiz.
Ko‘pincha OAVda erkaklar zo‘ravon va isyonkor qilib ko‘rsatiladi. Bir kitobda aytilishicha, televideniye, kino va sport sohasidagi eng mashhur erkak qahramonlar «jismonan kuchli va tajovuzkor bo‘ladi... Bundan xulosa shuki, berahm va isyonkor bo‘lish bu zo‘r bo‘lish degani». («Why Boys Don’t Talk —and Why It Matters»)
O‘ylab ko‘ring. Tajovuzkor bo‘lish sizga yaxshiroq do‘st, hamkor yoki er bo‘lishga yordam beradimi? Jahlingizni chiqarishganida g‘azabingizni sochish uchun ko‘proq kuch talab qilinadimi yoki uni nazorat qilish uchunmi? Qaysi biri siz haqiqiy erkak ekaningizni isbotlaydi?
Muqaddas Kitobda nima deyilgan: «G‘azabini tiygan qudratli kishidan yaxshiroq, o‘zini tuta bilgan esa shaharni zabt etgandan a’loroq». (Hikmatlar 16:32)
OAVda yigitlar faqatgina jinsiy munosabatlar haqida o‘ylaydigan qilib ko‘rsatiladi. 17 yoshli Griss shunday dedi: «Kinolarda va televideniyeda yigitlar yuradigan qizlarini kiyimlaridan ham tez-tez almashtiradi». 18 yoshli Gerri esa: «Ommaviy axborot vositalaridagi yigitlar faqatgina jinsiy munosabatlar to‘g‘risida o‘ylaydi,— deb bo‘lishdi. — Masalan, ba’zi filmlarda yigitning hayotdagi maqsadi o‘ynab kulish, ichish va jinsiy munosabatda bo‘lish».
O‘ylab ko‘ring. Siz chindan ham shunday qolip ostida shakllanishni istaysizmi? Haqiqiy erkak ayollarga jinsiy aloqa qiladigan buyum sifatida qaraydimi yoki ularga hurmat ila muomala qiladimi?
Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Har biringiz o‘z badaningizni muqaddas va sharafli tarzda boshqara biling. ...Ochko‘zlik bilan tiyiqsiz shahvoniy hirsga berilmanglar». (1 Salonikaliklarga 4:4, 5)
OAVda o‘g‘il bolalar mas’uliyatsiz qilib ko‘rsatiladi. Ko‘pgina mashhur kinolarda yoki teleshoularda ko‘pincha o‘smir bolalar erinchoq bo‘ladi va hech narsa qilishni bilmaydi. Ehtimol, shuning uchun ham ba’zi yoshi kattalar bolalarning qobiliyatiga uncha ishonmaydi. Yuqorida tilga olingan Gerri shunday dedi: «16 yoshga to‘lganimda ish topish qiyin bo‘ldi. Chunki men yashaydigan hududda biznes bilan shug‘ullanadiganlar faqatgina ayollarni ishga olishni xohlardi. Ularning fikricha, hamma o‘smir o‘g‘il bolalar mas’uliyatsiz yoki ishonchsiz edi».
O‘ylab ko‘ring. O‘smir bolalar chindan ham mas’uliyatsiz va ishonchsizmi? Siz bunday emasligingizni qanday ko‘rsata olasiz?
Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Hech kim seni yosh deb kamsitmasin. Aksincha nutqda, xulq-atvorda, sevgida, imonda va poklikda ishonchli kishilarga o‘rnak bo‘lgin». (1 Timo‘tiyga 4:12)
Nimani bilishingiz kerak?
OAV sizga kuchli ta’sir qilishi mumkin. Masalan, ommaviy axborot vositalari mashhur bo‘lish uchun urfga kirgan kiyimlarni kiyishingingiz kerak degan taassurot qoldirishi mumkin. 17 yoshli Kolin shunday dedi: «Reklamalarda yigitlar qanday kiyinishi kerakligi va qizlar ularga osilib olgani ko‘rsatiladi. Bu tufayli odam o‘sha kiyimlarni xarid qilishni istaydi. O‘zim ham bir necha marta shunday qilganman».
O‘ylab ko‘ring. Kiyinish tarzingiz aslida kim ekaningizni ko‘rsatyaptimi yoki boshqalarning ortidan ergashayotganingiznimi? Modaning orqasidan quvganingizda bundan aslida kim foyda ko‘radi?
Muqaddas Kitobda nima deyilgan: «Ushbu zamonga uyg‘unlashmanglar». (Rimliklarga 12:2)
Obrazlarga taqlid qilsangiz qizlarga kamroq yoqasiz. Ularning ba’zilari nima deganiga e’tibor bering.
«Men ishonchsiz va boshqalarda taassurot qoldirishga harakat qiladiganlardan ko‘ra o‘zini tabiiy tutadigan yigitni tanlagan bo‘lardim. Aslida doim boshqalarda taassurot qoldirishga urinadigan bolalar kulgili ko‘rinadi». (Anna)
«Reklamachilar o‘g‘il bolalar qizlarni jalb qilishi uchun ma’lum bir gadjetlarga yoki tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishi kerakdek ko‘rsatadi. Ammo qizlar ulg‘ayar ekan, bularga emas, balki erkak kishining fazilatlariga e’tibor qaratadi va boshqalarga qanday munosabat qilishini kuzatadi. Masalan, qizlarga rostgo‘y va sodiq yigitlar yoqadi». (Daniyella)
«Ko‘pincha kelishgan yigit mag‘rur bo‘ladi. Men bunday odamning oldida bo‘lishni istamasdim. Dunyodagi eng chiroyli yigit bo‘lsa ham shaxsiyati tashqi ko‘rinishiga mos kelmasa, xunuk ko‘rinadi». (Diana)
O‘ylab ko‘ring. Muqaddas kitobda hali bola bo‘lgan Shomuil haqida shunday deyilgan: «Yosh Shomuil esa o‘sib-ulg‘ayar, Yahovaning hamda odamlarning iltifotiga sazovor bo‘lardi». (1 Shohlar 2:26) Bunday nomga ega bo‘lish uchun qaysi fazilatlar ustida ishlashingiz kerak?
Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Mard... bo‘linglar». (1 Korinfliklarga 16:13)
Nima qilishingiz kerak?
Qolipni tahlil qiling. «Zero dunyodagi bor narsa — tana nafsi, hirsli ko‘zlar va o‘z mol-mulki bilan maqtanish Otadan emas, bu dunyodandir». (1 Yuhanno 2:16)
Ommaviy axborot vositalari bunday narsalardan foyda ko‘radi va ularni oddiy holdek ko‘rsatadi. Shuning uchun OAVda ko‘rganlaringizni tahlil qilishni o‘rganing. Marketologlar odatda ularni shunchaki pul ishlash uchun o‘ylab topadi.
Shaxsiy fikringizga ega bo‘ling. Ommaviy axborot vositalarida olg‘a surilayotgan emas, balki Muqaddas Kitobda aytilgan: «Yaratuvchining tasviriga ko‘ra aniq bilim orqali yangilanib borayotgan yangi o‘zlikni» kiyib oling. (Kolosaliklarga 3:10)
Bu maslahatga amal qilish uchun maqolaning boshida aytib o‘tilganlar haqida o‘ylab ko‘ring. Axir siz shunday nomga ega bo‘lishni istaysiz-ku! O‘sha fazilatlarga ega bo‘lish yoki ularni rivojlantirish uchun hozirdan ishga kirishing.
Ijobiy kishilarning misollarini toping. «Dono bilan yurgan dono bo‘ladi». (Hikmatlar 13:20) Hayotingizda kimlar dono ekanini ko‘rsatgan? Ehtimol, bular qatoriga dadangiz, tog‘a yo amakingiz, do‘stlaringiz yoki tanishlaringiz kirar. Yahova Shohidlarining jamoatida namuna bo‘la oladigan ko‘pgina erkak kishilar bor. Muqaddas Kitobning o‘zida ham yoshlar taqlid qila oladigan ijobiy o‘rnaklar, jumladan, Titusning misoli bor. (Titusga 2:6–8)
Tavsiya. «Imonlariga ergashinglar» turkumida Muqaddas Kitobdagi Hobil, Nuh, Ibrohim, Shomuil, Ilyos, Yunus, Yusuf va Butrus kabi ajoyib o‘rnak qoldirgan erkak kishilarning misolini ko‘rib chiqishingiz mumkin.

