o‘zbekcha (lotincha)
Nega ommaviy axborot vositalarining qolipini rad etish kerak? 1-qism. Qizlar uchun
https://cms-imgp.jw-cdn.org/img/p/502014290/univ/art/502014290_univ_sqr_xl.jpg
ijwyp article 34

YOSHLARNING SAVOLLARI

Nega ommaviy axborot vositalarining qolipini rad etish kerak? 1-qism. Qizlar uchun

Nega ommaviy axborot vositalarining qolipini rad etish kerak? 1-qism. Qizlar uchun

 Ommaviy axborot vositalarining qolipi nima degani?

 Quyidagi so‘zlarga diqqat qarating, keyin pastda keltirilgan savollarga javob bering:

1 Qator

2 Qator

Bolalarcha fikrlaydigan

Mas’uliyatli

Qo‘zg‘olonchi

Qonunparast

Axloqsiz

Yaxshilik qiladigan

Befarq

Aqlli

G‘iybatchi

Farosatli

Ayyor

Rostgo‘y

  1.   Kino, televideniye yoki jurnallarda ko‘rsatiladigan o‘smir qizlarni ta’riflash uchun qaysi so‘zlar mos keladi?

  2.   Sizni qaysi so‘zlar bilan ta’riflashlarini xohlardingiz?

 Ehtimol, 1-savolga javob berish uchun 1-qatordagi, 2-savolga javob berish uchun esa 2-qatordagi so‘zlarni tanladingiz. Agar shunday bo‘lsa, demak, siz ommaviy axborot vositalarida (OAV) ko‘rsatiladigan qolipdagi o‘smirlarga o‘xshashni istamaysiz. Siz yolg‘iz emassiz! Nega bunday ekanini ko‘rib chiqaylik.

 «Odatda kinolarda o‘smir qizlar isyonkor qilib ko‘rsatiladi. Bu tufayli hech bir qizga ishonib bo‘lmaydi ular o‘zini malikalarday tutadi degan taassurot uyg‘onadi». (Erin)

 «Kinolardagi va televideniyedagi o‘smir qizlar doim e’tiborda xohlaydi. Ularni faqat tashqi ko‘rinishi, kiyim-kechak, mashhurlik va yigitlar qiziqtiradi». (Natali)

 «Kinoda kamdan kam hollarda vaqtichog‘lik qiladigan qizlar ichmaydigan, yigitlar bilan yotmaydigan, ota-onasiga quloq soladigan ekanini ko‘rasiz. Agar qaysidir qiz bu ishlarni qilmasa, uni diniy fanatikka yoki “oq qarg‘aga” chiqarib qo‘yishadi». (Mariya)

 O‘zingizdan so‘rang: «Kiyinish tarzim, xulq-atvorim va gap so‘zlarim chindan ham kim ekanimni ko‘rsatadimi? Yoki men shunchaki ommaviy axborot vositalari taqdim etgan qoliplarga taqlid qilyapmanmi?»

 Nimani bilishingiz kerak?

  •   Ko‘plar «O‘zining o‘zgacha shaxsiyatimni yaratyapman» deb o‘ylaydi. Ammo aslida ular ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatilganlarga taqlid qiladi, xolos. Karen ismli qiz quyidagicha bo‘lishdi: «Men buni singlimda kuzataman. U o‘zini kiyim-kechagu yigitlardan boshqa hech narsa bilan qiziqmaydiganday tutadi. Singlim aqlli, bilamanki, uning boshqa qiziqishlari ham bor. Ammo boshqa qizlar qatori bo‘lish uchun u o‘zini hamma narsaga yengil-yelpi qaraydiganday ko‘rsatadi. Singlim atigi12 yoshda».

     Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Ushbu zamonga uyg‘unlashmanglar». (Rimliklarga 12:2)

  •   OAVning qoliplarida ko‘rsatiladigan narsalar hamma o‘smir qizlarning ham xohishini aks ettiravermaydi. «Kino va kitoblarda qizlar xudbin, xayolparast va o‘zini yosh boladay tutadigan qilib ko‘rsatiladi. Biroq, menimcha, ko‘pgina qizlar bunday emas», deb bo‘lishdi 15 yoshli Aleksis.— Kelishgan yigitni orzu qilishdan tashqari, boshqa ishlarimiz ham bor».

     Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «[Yetuk kishilar] zehnini ishga solish orqali yaxshini yomondan ajratishga o‘rgangan». (Ibroniylarga 5:14)

  •  Qoliplar o‘smir qizlarning emas balki marketologlarning manfaati uchun xizmat qiladi. Nashriyot, moda, texnologiya va o‘yin-kulgi sohasidagi katta kompaniyalar foyda manbasi kim ekanini tushunib, bolalar hali o‘smir yoshiga yetishidan avval ularni o‘z nishoniga aylantiradi. Bir kitobda shunday yozilgan: «Reklamachilar 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar so‘ngi urfdagi kiyim-kechak, taqinchoq, kosmetika va elektron qurilmalarga ega bo‘lmasa, mashhur bo‘lmasligini aytadi. Bunday bolalar jinsiy munosabatlar haqidagi masalalarni oxirigacha tushunmasidan avval bunday uslubdagi rasmlaru reklamalarga duch keladi». («12 Going on 29»)

     Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Dunyodagi bor narsa — tana nafsi, hirsli ko‘zlar va o‘z mol-mulki bilan maqtanish Otadan emas, bu dunyodandir». (1 Yuhanno 2:16)

 O‘ylab ko‘ring. So‘nggi rusumdagi narsalar ortidan quvish kimga foyda keltiradi? Tengdoshlaringiz orasida «Shunchaki mashhur bo‘lish uchun oxirgi modeldagi telefonga ega bo‘lishim kerak» degan fikr aslida kimga foyda keltiradi? Marketologlar kimning foydasini ko‘zlab ish tutadi? Bizning yoki o‘zlarining?

 Nima qila olasiz?

  •   Kino va televideniyeda ko‘rsatilgan qoliplarni tahlil qiling. Ulg‘ayar ekansiz, ko‘zingizga ko‘ringanidan ko‘prog‘ini ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lasiz. Aqlingizni ishga solib, OAVdagi qoliplar sizga qanday ta’sir qilishi mumkinligini o‘ylab ko‘ring. 14 yoshli Alana shunday dedi: «Ko‘pincha kino, televideniye va gazetalarda o‘smir qizlar kiyim-kechakdan ko‘ra pardoz-andoz vositalariga ko‘proq ega qilib ko‘rsatiladi. Ko‘p o‘smirlar shuni tushunmaydiki, aslida bu ularni chiroyliroq emas, yanada ayanchliroq qilib ko‘rsatadi».

  •   O‘zingiz istagan shaxs bo‘lish uchun maqsadlar qo‘ying. Misol uchun, maqolaning boshida siz belgilagan fazilatlar ustida o‘ylab ko‘ring. Axir boshqalar sizni bu fazilatlarga ega shaxs sifatida bilishini xohlaysiz-ku! Unda bu fazilatni hozirdanoq rivojlantirsangiz bo‘ladi. Reklamachilar olg‘a surayotgan tasvirga binoan emas, balki Muqaddas Kitobda aytilganiday, «Yaratuvchining tasviriga ko‘ra aniq bilim orqali yangilanib borayotgan yangi o‘zlikni» kiyib oling. (Kolosaliklarga 3:10)

  •   Ijobiy namunalarni toping. Bular qatoriga onangiz, amma-xolangiz, yetuk dugonalaringiz yoki tanishlaringiz kirishi mumkin. Yahovaning Shohidlari masihiylar jamoatidagi ko‘pgina namunali ayollarning o‘rnagidan foyda oladi. (Titusga 2:3–5)

 Tavsiya. «Imonlariga ergashinglar» turkumidan Muqaddas Kitobdagi Rut, Xanna, Obigayl, Ester, Maryam va Marta kabi ajoyib ayollarning o‘rnagi to‘g‘risida bilib oling. «Imonlariga ergashinglar» turkumi Yahova Shohidlarining www.jw.org saytida mavjud.