Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR | MATTO 8–9

Iso odamlarni yaxshi ko‘rgan

Iso odamlarni yaxshi ko‘rgan

Matto kitobining 8- va 9- boblarida qisman Isoning Jalila hududidagi xizmati tasvirlangan. Iso odamlarni davolaganida o‘z qudratini va, eng muhimi, boshqalarga bo‘lgan ulkan sevgisiyu hamdardligini namoyon etgan.

  1. Iso moxov kishini davolagan. (Mt 8:1–3)

  2. Iso yuzboshining xizmatkorini sog‘aytirgan. (Mt 8:5–13)

    U Butrusning qaynonasiga shifo bergan. (Mt 8:14, 15)

    U jinlarni quvib chiqarib, kasallarni davolagan. (Mt 8:16, 17)

  3. Iso nihoyatda vahshiy jinlarni quvib chiqarib, ularni cho‘chqa podasiga yuborgan. (Mt 8:28–32)

  4. Iso shol odamni tuzatgan. (Mt 9:1–8)

    Uning kiyimiga tekkan ayolga shifo berib, Yairning qizini tiriltirgan. (Mt 9:18–26)

    U ko‘zi ojiz va soqovlarni sog‘aytirgan. (Mt 9:27–34)

  5. Iso shaharlaru qishloqlar bo‘ylab yurib, odamlarning har turli kasalliklariyu darmonsizliklarini davolardi. (Mt 9:35, 36)

Qay yo‘sin atrofimdagi odamlarga sevgi va hamdardlikni ko‘proq namoyon eta olaman?