Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 HAYOT TARZIMIZ

Xizmatda mahorat oshirish — Va’z qilishga imkon beruvchi suhbatlar boshlash

Xizmatda mahorat oshirish — Va’z qilishga imkon beruvchi suhbatlar boshlash

Iso samariyalik ayol bilan suhbat boshlagani uchun unga norasmiy va’z qila olgan. Qanday qilib notanish odamlar bilan suhbat boshlash mahoratimizni oshirishimiz mumkin?

  • Odamlarga do‘stona munosabatda bo‘lib, ular bilan gap boshlang. Charchagan bo‘lsa-da, Iso suhbatni boshlab, ayoldan ichgani suv so‘ragan. Demak, inson bilan salom-alik qilib, ehtimol, ob-havo yoki yangiliklar haqida gap boshlashingiz mumkin. Esingizda bo‘lsinki, dastlabki maqsadimiz suhbat boshlashdir. Shunga, insonni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan har qanday mavzuda suhbat boshlang. Agar u suhbatingizni qo‘llab-quvvatlamasa, tashvishlanmang. Boshqasi bilan suhbat qurishga harakat qiling. Yahovadan jasorat berishini so‘rang. (Nax 2:4; Hv 4:29)

  • Xushxabarni bo‘lishish imkonini izlang, ammo shoshilmang. Suhbat tabiiy tarzda kechishiga yo‘l qo‘ying. Agar insonni majburlasangiz, u o‘zini noqulay his qilib, suhbatni to‘xtatishi mumkin. Agar suhbatingiz shohidlik bera olishingizdan oldin to‘xtagan bo‘lsa, ruhingiz tushmasin. Bordi-yu, xushxabarni aytishdan boshlash fikri sizni qo‘rqitsa, unda suhbatni shohidlik berish maqsadisiz boshlasangiz bo‘ladi. [1- videoni qo‘yib, muhokama qiling.]

  • Imoningiz haqida samimiy bo‘lishib, va’z qilishga imkon yaratishga urining. O‘shanda tinglovchingizni bu haqda savollar berishga undashingiz mumkin. Iso ayolni qiziqtirib qo‘ygan fikrlar aytgan va bu ayolni savol berishga undagan. Shunda Iso uning savollariga javob berib, va’z qila olgan. [Avval 2- videoni qo‘yib, muhokama qiling, keyin esa 3- sini.]