Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 HAYOT TARZIMIZ

«Ko‘ngildan chiqarib Yahovaga hadya beraylik»

«Ko‘ngildan chiqarib Yahovaga hadya beraylik»

Qay yo‘sin «bugun ko‘ngildan chiqarib Yahovaga hadya berishimiz» mumkin? (1Sl 29:5, 9, 14) Quyida Yahova Shohidlarining faoliyatini ham mahalliy, ham umumjahon miqyosda qo‘llab-quvvatlash uchun ehson qilishning turli usullari keltirilgan.

ONLAYN TARZDA QILINADIGAN YOKI XAYR-EHSON QUTILARIGA SOLINADIGAN EHSONLAR:

  • UMUMJAHON FAOLIYAT

    filial va masofaviy tarjima ofislarining binolarini qurish va ularga xizmat ko‘rsatish

    tashkilotimiz maktablari

    to‘la vaqtli maxsus xizmatchilar

    tabiiy ofatdan zarar ko‘rganlarga yordam berish

    bosma, video va elektron mahsulotlarni ishlab chiqarish

  • MAHALLIY JAMOATNING SARF-XARAJATLARI

    kommunal xizmatlar va Yig‘ilish zalini ta’mirlash kabi jamoatning sarf-xarajatlari

    filialga quyidagi maqsadda mablag‘larni jo‘natish uchun jamoat tomonidan qabul qilingan rezolyusiyalar:

    • dunyo bo‘ylab Yig‘ilish va Anjuman zallarini qurish

    • Global yordam ko‘rsatish xizmati

    • boshqa umumjahon ishlar

TUMAN VA HUDUDIY ANJUMANLAR

Hududiy anjumaningiz paytida qilingan xayr-ehsonlar umumjahon ishiga yuboriladi. O‘z navbatida, hududiy, maxsus va xalqaro anjumanlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlar umumjahon ishiga qilingan ehsonlar evaziga qoplanadi.

Tuman uchun qilingan ehsonlar anjuman o‘tkaziladigan binolarni ijaraga olish, ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish hamda tuman bilan bog‘liq boshqa xarajatlarga sarflanadi. Tuman ortib qolgan mablag‘larni Yahova Shohidlarining umumjahon faoliyatiga ehson etishni qaror qilishi mumkin.