Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 HAYOT TARZIMIZ

Badaningizni «go‘yo tikandek azoblayotgan» dardga qaramay, muvaffaqiyat qozona olasiz!

Badaningizni «go‘yo tikandek azoblayotgan» dardga qaramay, muvaffaqiyat qozona olasiz!

Oxirzamonning ushbu nihoyatda og‘ir vaqtlarida Xudoning barcha xizmatchilari tikandek sanchiladigan muammolar bilan duch kelishmoqda. (2Tm 3:1) Qay yo‘sin Yahovaga tayanib, bu muammolar bilan muvaffaqiyatli kurasha olamiz? Talita Alnashi va uning ota-onasi qanday qilib buning uddasidan chiqishganini bilish uchun, «Ko‘rlarning ko‘zlari ochiladi» nomli videoni tomosha qilib, quyidagi savollarga javob bering:

  • Talitani «go‘yo tikandek azoblayotgan» qanday dardi bor?

  • Muqaddas Kitobdagi qaysi va’dalar Talitaga va uning ota-onasiga ijobiy nuqtai nazarni saqlab qolishga yordam berdi?

  • Talitaga operasiya qilishganidan keyin, uning ota-onasi Yahovaga tayanganini qanday ko‘rsatgan?

  • Qay yo‘sin Talitaning ota-onasi uning qalbiga Xudoga bo‘lgan sevgini payvand qilish uchun tashkilotimiz taqdim etayotgan narsalardan to‘laqonli foydalangan?

  • Qay yo‘sin Talita badanini «go‘yo tikandek azoblayotgan» dardga qaramay, ma’nan o‘sayotganini ko‘rsatgan?

  • Talitaning misoli sizga nimasi bilan dalda berdi?