Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 HAYOT TARZIMIZ

Xizmatda mahorat oshirish. Yaxshi xatlar yozish

Xizmatda mahorat oshirish. Yaxshi xatlar yozish

BUNING MUHIMLIGI. 1 Korinfliklarga yo‘llangan maktub havoriy Pavlus imondoshlariga dalda berish maqsadida yozgan 14 ta maktubdan biridir. Kishi xat yozganida so‘zlarni puxta tanlash uchun yetarlicha vaqtga ega bo‘ladi va xat oluvchi maktubni qayta-qayta o‘qiy oladi. Xat yozish qarindoshlar-u tanishlarga shohidlik berishning zo‘r usulidir. Qolaversa, biror kimsa bilan yuzma-yuz ko‘risha olmaganimizda xatlar yordamida samarali shohidlik bera olamiz. Masalan, kimdir haqiqatga qiziqish bildirdi deylik, ammo uni uydan topish amrimahol. Ba’zi insonlar ko‘p xonadonli va yuqori xavfsizlik tizimiga ega bo‘lgan uylarda, qo‘riqlanayotgan uy-joy komplekslarida yoki olis hududlarda yashagani uchun, ularnikiga kirish oson bo‘lmasligi mumkin. Xo‘sh, notanish kishiga xat yozganda nimalarni yodda tutish lozim?

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.

  • Insonni shaxsan ko‘rganingizda nima desangiz, o‘sha narsalarni yozing. Xatning boshida o‘zingizni tanishtiring va yozayotganingizning sababini aniq tushuntiring. Keyin esa kishiga mulohaza uchun savol berishingiz va uni saytimizga kirishga undashingiz mumkin. Qolaversa, Onlayn Muqaddas Kitob darslari (hozirda o‘zbek tilida mavjud emas) va Muqaddas Kitobni uyda tadqiq qilish dasturi yoki tadqiq paytida ishlatadigan adabiyotlarimizdan biridagi ba’zi boblarning nomini aytib o‘tsangiz bo‘ladi. Xatingiz bilan birga biron adabiyot, JW.ORG kartochkasi, taklifnoma yoki buklamani yuborishingiz mumkin.

  • Qisqa va lo‘nda yozing. Xatingiz haddan tashqari uzun bo‘lmasligi kerak, aks holda kishi uni o‘qishdan charchab qolishi mumkin. (8-sah. taxminiy xatga qarang.)

  • Xatolar bor-yo‘qligini tekshiring va xatingiz ravon o‘qilayotganiga hamda hurmat bilan, do‘stona va ijobiy ruhda yozilganiga amin bo‘ling.