Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR | MATTO 20–21

«Orangizda kim buyuk bo‘lishni istasa, sizlarga xizmatkor bo‘lsin»

«Orangizda kim buyuk bo‘lishni istasa, sizlarga xizmatkor bo‘lsin»

20:28

Mag‘rur ulamoyu farziylar bozor maydonlarida o‘zlariga e’tiborni jalb qilishni va alik olishni yaxshi ko‘rishardi

Mag‘rur ulamoyu farziylar boshqalarni qoyil qoldirish va shuhrat izlash payida bo‘lishgan. (Mt 23:5–7) Ammo Iso bunday yo‘l tutmagan. «Inson O‘g‘li o‘ziga xizmat qildirishga emas, aksincha xizmat qilgani» kelgan. (Mt 20:28) Topinishimizda barcha urinishlarimizni asosan bizga e’tirof va shuhrat keltiradigan sohalarga yo‘naltiramizmi? Agarda biz Xudoning nazarida buyuk bo‘lishni istasak, Isoga taqlid qilishga intilamiz va qo‘limizdan kelgancha boshqalarga yordam beramiz. Odatda bunday mehnatni Yahovadan bo‘lak hech kim ko‘rmaydi. (Mt 6:1–4) Kamtarin xizmatchi quyidagicha yo‘l tutadi:

  • Yig‘ilish zalini toza saqlashda va ta’mirlashda qatnashadi

  • Keksalarga va boshqalarga yordam berishda tashabbus ko‘rsatadi

  • Shohlik manfaatlarini moddiy tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi