Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 HAYOT TARZIMIZ

Allohga va yaqinimizga nisbatan sevgini qanday rivojlantirsa bo‘ladi?

Allohga va yaqinimizga nisbatan sevgini qanday rivojlantirsa bo‘ladi?

Garchi masihiylardan Tavrotga rioya qilish kutilmasa-da, undagi Allohni va yaqinimizni sevish kabi ikkita muhim amrda Yahova bizdan talab qilayotgan barcha narsa mujassamdir. (Mt 22:37–39) Bunday sevgi meros bo‘lib o‘tmaydi. Uni rivojlantirish kerak. Lekin qanday qilib? Buning bir yo‘li — Muqaddas Kitobni har kuni o‘qishdir. Muqaddas Kitobda ochib berilgan Alloh shaxsiyatining turli qirralarini o‘rganganimizda, «Yahovaning himmatini» ko‘rgandek bo‘lamiz. (Zb 27:4) Natijada, Unga bo‘lgan sevgimiz o‘sib, fikrlash tarzimiz Unikiga o‘xshab boradi. Bu bizni Allohning amrlariga, jumladan, boshqalarga nisbatan fidoyi sevgini ko‘rsatish amriga rioya etishga undaydi. (Yuh 13:34, 35; 1Yuh 5:3) Quyidagi uchta maslahat yordamida Muqaddas Kitob mutolaasini yanada maroqli qilish mumkin:

  • Tasavvuringizni va his-tuyg‘ularingizni ishga soling. O‘zingizni siz o‘qiyotgan voqeaning ishtirokchisi deb tasavvur qiling. Nimalarni ko‘ryapsiz, eshityapsiz va qanday hidlar kelyapti? Voqeaning boshqa ishtirokchilari nimalarni his qilyapti?

  • Yondashuvingizni o‘zgartirib turing. Mana buning bir nechta yo‘li: ovoz chiqarib o‘qing yoki audio yozuvni tinglayotib, o‘z Muqaddas Kitobingizdan matnni kuzating. Boblarni ketma-ket o‘qishning o‘rniga, Muqaddas Kitobdagi muayyan qahramon haqida yoki mavzu bo‘yicha o‘qing. Masalan, Iso haqida o‘qish uchun «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»dagi Ilovaning A7 va B12 mavzularidan foydalaning. Kundalik oyat olingan bobni butunlayin o‘qisangiz bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa, Muqaddas Yozuvlardagi kitoblarni yozilish tartibi bo‘yicha o‘qing.

  • O‘qiganingizni tushunishga intiling. Kuniga bitta bobni o‘qib, uni tushunishga harakat qilish va ustida mulohaza yuritish, shunchaki ko‘proq boblarni o‘qib chiqishdan afzalroq. Voqealar qachon va qayerda sodir bo‘layotgani haqida o‘ylab ko‘ring. Tafsilotlarni tahlil qiling. Xaritalar va o‘xshash oyatlardan foydalaning. Hech bo‘lmasa, siz tushunmagan bitta fikr ustida izlanish olib boring. Agar imkon bo‘lsa, o‘qishga qancha vaqt ajratsangiz, mulohaza uchun ham shuncha vaqt ajrating.