Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 HAYOT TARZIMIZ

Yahovani sevadigan kishilar bilan vaqt o‘tkazing

Yahovani sevadigan kishilar bilan vaqt o‘tkazing

Nega Yahovani sevadigan kishilar bilan vaqt o‘tkazishimiz kerak? Chunki biz bilan muloqot qiladigan kishilar yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. (Hk 13:20) Masalan, oliy ruhoniy Yohayidoning davrida shoh Yo‘sh «Yahovaning nazarida to‘g‘ri ishlar qilgan». (2Sl 24:2) Yohayidoning o‘limidan keyin esa u yomon odamlar bilan muloqot qilgani uchun Yahovani tark etdi. (2Sl 24:17–19)

Mil. birinchi asrda havoriy Pavlus masihiylar jamoatini «katta uy», jamoat a’zolarini esa «idishlar» yoki uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan solishtirgan. Agarda Yahovani ranjitadigan kimsa bilan, u hatto oila a’zoimiz yoki jamoat a’zosi bo‘lsa ham, yaqindan muloqot qilishdan qochsak, «sharafli maqsadda qo‘llaniladigan» idish bo‘lamiz. (2Tm 2:20, 21) Shunga keling, Yahovani sevadigan va Unga xizmat qilishimizga undaydigan kishilar bilan do‘stlashishda davom etaylik.

«YOMON ODAMLAR BILAN MULOQOT QILISHDAN VOZ KECHISHNI O‘RGANING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILING, KEYIN ESA QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qanday qilib o‘zimiz bilmagan holda yomon odamlar bilan muloqot qilishni boshlashimiz mumkin?

  • Videodan ko‘rganimizdek, uchta masihiyga yomon odamlar bilan muloqot qilishni to‘xtatishga nima yordam berdi?

  • Muqaddas Kitobdagi qaysi prinsiplar biz muloqot qiladigan kishilarni donolik ila tanlashga yordam beradi?

Men «sharafli maqsadda qo‘llaniladigan» idishmanmi? (2Tm 2:21)