Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 HAYOT TARZIMIZ

Va’z qilish va ta’lim berish — shogird tayyorlashda o‘ta muhimdir

Va’z qilish va ta’lim berish — shogird tayyorlashda o‘ta muhimdir

Iso izdoshlariga borib, shogird tayyorlashni amr etgan. (Mt 28:19) Bu amrga va’z qilish va ta’lim berish kiradi. Vaqti-vaqti bilan har birimiz o‘zimizdan shunday so‘rasak bo‘ladi: «Shogird tayyorlash ishining ushbu o‘ta muhim sohalarida qay yo‘sin yaxshilanishim mumkin?»

VA’Z QILISH

Odamlar bizning oldimizga kelishini kutib o‘tirmasdan, «munosib bo‘lganlarni» faollik bilan izlashimiz lozim. (Mt 10:11) Va’zgo‘ylikka chiqqanimizda «duch kelgan odam bilan» suhbatlashish uchun har fursatdan foydalanyapmizmi? (Hv 17:17) Masalan, havoriy Pavlus tirishqoqlik bilan va’z qilgani tufayli, Lidiya shogird bo‘lgan. (Hv 16:13–15)

«Ertalabdan urug‘ingni ekkin, kechga qadar qo‘llaringga tinim berma» (Vz 11:6)

«TINMAY VA’Z QILING — NORASMIY VA UYMA-UY» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Semyuel o‘zining kundalik hayotida haqiqat urug‘larini ekishda faol bo‘lishni istayotganini qanday ko‘rsatgan?

  • Nega va’zgo‘ylikning barcha turlarida qatnashishimiz kerak?

  • Kundalik hayotingizda Shohlik xabarini kim bilan bo‘lishishingiz mumkin?

TA’LIM BERISH

Shogird tayyorlash uchun odamlarga adabiyot tashlab ketishdan ko‘prog‘ini qilishimiz darkor. Ularga ma’nan o‘sishga yordam berish uchun, takroriy tashriflar qilib, Muqaddas Kitob tadqiqlarini o‘tkazishimiz kerak. (1Kr 3:6–9) Lekin Shohlik haqiqatini o‘rgatish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz kam samara keltirayotgandek tuyulsa-chi? (Mt 13:19–22) Biz qalbi «yaxshi tuproq»dek bo‘lganlarni izlashda davom etishimiz kerak. (Mt 13:23; Hv 13:48)

«Men ekkanman, Apollos sug‘organ, ammo o‘stirgan Xudodir» (1Kr 3:6)

«TINMAY VA’Z QILING — OMMA OLDIDA VA SHOGIRDLARNI TAYYORLAB» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Solomon bilan Meri Yezekiel va Abigeylning qalblariga ekilgan haqiqat urug‘larini qay tariqa sug‘orishgan?

  • Xizmatning barcha turlarida, jumladan, omma oldida va’z qilganimizda maqsadimiz qanday bo‘lishi kerak?

  • Boshqalarga haqiqatni o‘rgatishga qay yo‘sin ko‘proq e’tibor qarata olamiz?