Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

 16- DARS

Jamoat xizmatkorlari qanday vazifalarni bajarishadi?

Jamoat xizmatkorlari qanday vazifalarni bajarishadi?

Myanma

Topshiriqlar bilan chiqish

Va’zgo‘ylikda yetakchilik

Yig‘ilish zalini tozalash

Muqaddas Kitobda mas’uliyatli vazifalarni bajaruvchi ikki toifa erkaklar tilga olingan bo‘lib, ular «jamoat nozirlari va xizmatkorlari» deb ataladi. (Filippiliklarga 1:1) Odatda bunday vazifalarni bajaradigan birodarlar har bir jamoatda bo‘ladi. Jamoat xizmatkorlari qanday vazifalarni bajarishadi?

Ular oqsoqollar kengashiga yordam berishadi. Jamoat xizmatkorlarining ba’zilari yosh, boshqalari esa keksa bo‘lib, ular ma’nan yetuk, ishonchli va taqvodor kishilardir. Ko‘pincha bu birodarlar muntazam ravishda muhim tashkiliy va jamoatga ta’lim berish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishadi. Bu tufayli oqsoqollar ta’lim berish va dalda berishga ko‘proq vaqt ajrata olishadi.

Ular muhim ishlarni bajarishadi. Ayrim jamoat xizmatkorlari yig‘ilishlarga kelganlarni kutib olish uchun yordamchi sifatida tayinlanishadi. Boshqalari esa audio uskunalarni boshqarish, adabiyot yetkazib berish, hisobotlar hamda jamoat a’zolariga va’zgo‘ylik hududini topshirish kabi ishlar bilan shug‘ullanishadi. Shuningdek, ular Yig‘ilish zalini yaxshi ahvolda saqlashga ko‘maklashishadi. Oqsoqollar ulardan keksa imondoshlarimizga yordam berishni iltimos qilishlari mumkin. Jamoat xizmatkorlari har qanday ishni bajarishga tayyor bo‘lishgani uchun hurmatga sazovorlar. (1 Timo‘tiyga 3:13)

Ular xudojo‘ylikda yaxshi o‘rnak ko‘rsatishadi. Bu birodarlar go‘zal fazilatlarga ega bo‘lishgani uchun jamoat xizmatkorlari etib tayinlanishgan. Ular yig‘ilishda topshiriqlar bilan chiqib, imonimizni mustahkamlashadi. Va’zgo‘ylik faoliyatida yetakchilik qilib, g‘ayratimizni oshirishadi. Boshqalar bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘lib, oramizda quvonch va yakdillik bo‘lishiga hissa qo‘shishadi. (Efesliklarga 4:16) Vaqti kelganda, ular ham oqsoqol bo‘lib xizmat qilishga loyiq bo‘lishadi.

  • Jamoat xizmatkorlari qanday kishilar?

  • Jamoat ishlari yaxshi olib borilishiga xizmatkorlar qanday hissa qo‘shishadi?